Ру Ўз O`z En

Farg‘onada chorvachilik sohasiga oid Davlat dasturi ijrosi qanday?

30 Iyul 2021 1965

Inspeksiyaning Rishton tuman bo‘limi tomonidan tumanda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish, naslchilik ishlari hamda veterinariya xizmatlari ko‘rsatishni yana-da takomillashtirish, ozuqa bazasini mustahkamlash, chorva mollari mahsuldorligini oshirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ustidan alohida nazorat o‘rnatilgan. 

Bo‘lim tomonidan bugungi kunga qadar chorvachilik sohasida qonunbuzilishi holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilishi bilan bir qatorda, mazkur yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklarining mavjud muammolari va talablarining bajarilishida amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. 

Xususan, Rishton tumanida 2021 yilda chorvachilik sohasini rivojlashtirishga oid davlat Dasturi ijrosi yuzasidan 4 ta loyihalar qabul qilingan bo‘lib, ushbu loyihalarga jami 8 mlrd. 700 mln. so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan, shundan 1 mlrd. 350 mln. so‘mi tashabbuskorlar tomonidan 7 mlrd. 350 mln. so‘mi bank kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. 

Ushbu loyihalarning 2 tasi qoramolchilik va qolgani esa baliqchilik va quyonchilikni rivojlantirishga qaratilgan. 

Tahlil qilinayotgan davrga qadar tumandagi 2 ta chorvachilik fermer xo‘jaliklari tomonidan Germaniya davlatidan 90 bosh naslli qormollar olib kelinishi taʼminlangan. 

Jumladan, tumandagi “Ixtiyor SMIK” fermer xo‘jaligi tomonidan davlat Dasturi doirasida 30 bosh, “Oybek Aziz chorvasi” fermer xo‘jaligi tomonidan esa 60 bosh naslli qoramollar olib kelinishi taʼminlangan. 

Inspeksiyaning Rishton tuman bo‘limi tomonidan ushbu fermer xo‘jaliklariga bank kreditlari va xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramollar uchun subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan 162 mln. so‘m miqdoridagi subsidiya mablag‘lari ajratilishida amaliy ko‘mak berib kelinmoqda.

 Agroinspeksiya bo‘limi tomonidan mazkur yo‘nalish bo‘yicha nazorat tadbirlari olib borilishi davom etadi.

 “O‘zagroinspeksiyaning Rishton tuman bo‘limi

Text to speech