Ру Ўз O`z En

Fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalariga sifatli urug‘lik yetkazib berilishi Inspeksiya nazoratida

9 Sentyabr 2022 1429

Hukumatning joriy yil 3 avgustdagi "2023 yil hosili uchun g‘alla navlarini joylashtirish, urug‘lik don tayyorlash, don ekish agregatlarini taʼmirlash, ekish uchun yer tayyorlash va ekish mavsumini uyushqoqlik bilan tizimli tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi topshirig‘i asosida 2023 yil hosili uchun Toshkent viloyati bo‘yicha jami 127 ming 313 gektar yer maydonlariga g‘alla ekish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu maydonlar uchun 29 ming tonna urug‘lik g‘alla jamg‘arilgan.

Fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalariga sifatli urug‘lik yetkazib berish kelgusi yil hosili uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu sabab, Agroinspeksiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan urug‘liklarning urug‘lik tayyorlash sexlarida sifatli tayyorlanishi va fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalariga yetkazib berilishi muntazam nazoratga olingan.

Bugungi kunda, ushbu jamg‘arilgan urug‘liklarning 24 ming 487 tonnasi yoki 84 foizi tozalanib, saralanib, qadoqlangan. Shuningdek, 16 ming 582 tonna urug‘lik donning sifatini tekshirish uchun Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markaziga namunalar tanlab olinib, ekish uchun yaroqliligi bo‘yicha sinov laboratoriyalariga yuborildi hamda 15 ming 297 tonna urug‘lik g‘allaga muvofiqlik sertifikati olindi.

Joriy yilda ekilishi rejalashtirilgan 127 ming 313 gektar yer maydonlariga urug‘lik g‘alla tarqatish maqsadida g‘allachilik tumanlarida 14 ta urug‘lik don tarqatish shoxobchalari tashkil etilgan bo‘lib, ushbu shoxobchalar to‘liq taʼmirlangan, dezenfeksiya qilinib, tarozilar davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Mazkur tashkil etilgan urug‘lik tarqatish shoxobchalari tomonidan 1 ming 794 tonna urug‘lik don fermer xo‘jaliklari va klaster korxonalariga yetkazib berilgan.

Boshqarma va tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, “OhangarondonAJ bosh korxonasi qoshidagi urug‘lik don tayyorlash sex boshlig‘i va Piskent don qabul qilish shoxobchasi mudiriga nisbatan Texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga rioya etmaganligi uchun maʼmuriy bayonnomalar rasmiylantirildi.

Bundan tashqari, To‘ytepa don qabul qilish shoxobchasi mudiri, Yangihayot don qabul qilish shoxobchasi mudiri hamda Bekobod don qabul qilish shaxobcha mudiriga urug‘lik donni omborlarda sifatli saqlash, ekish uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga o‘z vaqtida yetkazib berish yuzasidan yozma ko‘rsatmalar berildi.

Bugungi kunda g‘alla ekish ishlarida Agroinpeksiya xodimlari tomonidan fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga amaliy yordam ko‘rsatilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Sh.Usubaliyev, "O‘zagroinspeksiya" Toshkent viloyati boshqarmasi  Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishi va taʼminotini nazorat qilish bo‘limi bosh inspektori  

 

Text to speech