Ру Ўз O`z En

 ТОVAR BUG‘DOY XATLOVDAN O‘TMOQDA

2 May 2025 85

“O‘zagroinspeksiya” ning Jizzax viloyat boshqarmasi mutaxassislari va Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi departamenti bilan birgalikda  “Jizzaxdonmahsulotlari” AJda davlat resursi sifatida xarid qilingan tovar bug‘doyni xatlovdan o‘tkazish hamda “nol”ga tozalash ishlari borishi nazorat qilinmoqda.

Korxonada tovar bug‘doyni xatlovdan o‘tkazish hamda “nol”ga tozalash ishlarini tashkil etish uchun moddiy javobgar shaxs tayinlangan. Ishlar  komissiya ishtirokida amaldagi nizom yo‘riqnoma va qoidalar talablari asosida olib borilyapti.

Tozalash ishlarini tasdiqlangan grafikda belgilangan muddatlarda tugatishi, hisobotlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi to‘g‘risida tegishli ogohnomalar berilgan.

Ishni to‘g‘ri tashkillashtirilganligi sababli 2025-yil 21-aprelga qadar xatlov va “nol”ga tozalanadigan 97796 tonna bug‘doy donidan 50203 tonnasi xatlovdan o‘tkazilgan.

Nazorat tadbirlari davom etadi.

“O‘zagroinspeksiya” ning Jizzax viloyat boshqarmasi

Text to speech