Ру Ўз O`z En

G‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishi muhim pallaga kirdi

8 Iyun 2022 1876

Ayni paytda paxta to‘qimachilik klaster korxonalari va fermer xo‘jaliklari dalalarida g‘o‘za parvarishida muhim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar qizg‘in tus olgan.

Bugungi kunda g‘o‘za agrotexnikasida barcha tadbirlar, jumladan qator oralarini kultivatsiya qilish, chuqur yumshatish, begona o‘tlardan tozalash, azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, g‘o‘za zararkunandalari va hasharotlarga qarshi kurash ishlari tizim asosida tashkil etilmoqda.

Albatta, ushbu agrotexnik tadbirlarni sifatli va o‘z vaqtida o‘tkazilayotganligi natijasida o‘tgan bir hafta davomida “shonalagan” maydonlar 160-170 ming gektarga, “gullagan” maydonlar esa 65-70 ming gektarga ko‘paydi.

Yana bir muhim tomoni, Surxondaryo viloyatida 20 foiz, Qashqadaryo, Andijon viloyatlarida 18-19 foiz, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida 10-13 foiz g‘o‘za maydonlari “gulga” kirganligi quvonchli holdir.

Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarning o‘tkazilishi muntazam monitoring qilib borilmoqda.

O‘tkazilgan monitoring tadbirlariga ko‘ra, respublikada parvarish qilinayotgan 1 mln 34 ming 223 gektar g‘o‘za maydonlarning bugungi kunda

204 ming gektari yoki 20 foizi 5-6 barg va 754,4 ming gektari yoki 73 foizi shonalash hamda 76 ming gektar yoki 7,4 foizi gullash fazasida rivojlanmoqda.

Shuningdek, g‘o‘za qator oralariga ishlov berish ishlari bir kunda  106,2 ming gektar yoki 10 foiz mavsum boshidan buyon jami 3,9 marta;

chopiq qilish ishlari bir kunda 89,3 ming gektar yoki 9 foiz jami 3,4 marta; chuqur yumshatkich bilan ishlov berish ishlari bir kunda 63 ming gektar yoki 6,1 foiz jami 2 marta;

g‘o‘zani bargidan oziqlantirish ishlari bir kunda 84,3 ming gektar  yoki 8 foiz jami 2,6 marta;

g‘o‘zani mineral o‘g‘it bilan 2-oziqlantirish ishlari bir kunda 476,5 ming gektar jami 796,8 ming gektar yoki 77 foiz maydonda amalga oshirilganligi aniqlandi.

Shu bilan birgalikda, g‘o‘zani kasallik va zararkunandalardan himoya qilish maqsadida, bugungi kunda shira-tripsga qarshi 1,7 marta biologik hamda 191,3 ming gektar yoki 18,5 foiz maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazilib, o‘rgimchakkanaga qarshi 698,5 ming gektar yoki 67,5 foiz maydonda biologik hamda 67 ming gektar yoki 6,5 foiz maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazilgan.

 "O‘zagroinspeksiya"ning Qishloq xo‘jaligida  agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish boshqarmasi

Text to speech