Ру Ўз O`z En

G‘o‘za maydonlarini sug‘orishda suv resurslaridan foydalanish ustidan nazorat o‘rnatilgan.

5 Avgust 2021 2039

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021 yil 24 fevraldagi PQ-5005-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini  taʼminlash maqsadida, “O‘zagroinspeksiya” tomonidan suv tanqisligi sharoitida joylarda ekinlarni ko‘llatib sug‘orish va suvni zovurga tashlab qo‘yishning har bir holatini favqulodda holat sifatida baholab, suvdan maqsadli va tejamli foydalanish, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga qatʼiy rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilib, aniqlangan tartibbuzarlik holatlariga nisbatan qatʼiy taʼsir choralari qo‘llanilmoqda.

Xususan, 2021 yil hosili uchun ekilgan g‘o‘za maydonlarini sug‘orish boshlangandan buyon belgilangan tartibda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida joylarda jami 9 397 ta,  shundan, 645 ta holatda suvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qo‘yish, 1213 ta holatda g‘o‘za maydonlarini ko‘llatib sug‘orib, suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yish, 1899 ta holatda sug‘orish ishlariga yetarli darajada suvchilarni jalb etmay, dalada suvni qarovsiz qoldirish, 1114 ta holatda ruxsat etilmagan joylardan shartnoma tuzmasdan suv olish kabi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini buzish holatlari aniqlangan.

Shu kabi, joylardagi suv omborlaridan suv chiqarishni qatʼiy belgilangan rejim asosida amalga oshirilishi nazoratga olindi hamda 18 ta suv omboridan ruxsatsiz suv chiqarish holatlari bartaraf ettirildi.

Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan “O‘zagroinspeksiya” va uning hududiy boshqarmalari hamda tumanlar bo‘limlari tomonidan tartib buzarlarga nisbatan 1334 ta holat bo‘yicha maʼmuriy, 1334 ta holatda moliyaviy jarima sanksiyalari qo‘llanildi, 702 ta holat yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun sudlarga kiritilishi taʼminlandi.

1521 ta holatda joylardagi tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma va taqdimnomalar kiritildi.

Bundan tashqari, huquqbuzarlik sodir etilishini erta oldini olish maqsadida 5444 ta suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga rasman ogohlantirishlar berildi.

Bugungi kunda, qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga qatʼiy rioya etilishi bo‘yicha “O‘zagroinspeksiya” tomonidan qatʼiy nazoratga olingan.

 

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan

foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi

Text to speech