Ру Ўз O`z En

Samarqandda 2025-yil hosili uchun urug‘lik g‘alla yetishtirish ishlari tizimli davom etmoqda.

17 Aprel 2025 175

Samarqand viloyatida 2025-yil hosili uchun yuqori sifatli urug‘lik g‘alla yetishtirish ishlari keng ko‘lamda va rejali tarzda olib borilmoqda. Viloyatning barcha tumanlarida 324 ta fermer xo‘jaligi va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan jami 8 519 gektar maydonda urug‘lik g‘alla parvarish qilinmoqda.

Joriy yilda ushbu maydonlardan jami 24 ming tonna yuqori avlodli urug‘lik don yetishtirish belgilangan. Bu esa kelgusi yillarda yuqori hosildorlikka erishishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Hozirgi kunga kelib, barcha hududlarda bahorgi agrotexnik tadbirlar, xususan, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlari to‘liq yakunlangan. Ayni paytda esa barg orqali oziqlantirish, begona o‘tlarga (bir yillik va ko‘p yillik) qarshi kurashish, shuningdek, kasallik va zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlov berish ishlari faol olib borilmoqda.

«O‘zagroinspeksiya»ning viloyat va tuman bo‘limlari tomonidan urug‘lik g‘alla maydonlarida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar ustidan muntazam nazorat olib borilmoqda. Shu bilan birga, fermer xo‘jaliklariga agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va ko‘rsatmalar berib kelinmoqda.

Mazkur ishlar viloyatda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, hosildorlikni oshirish va qishloq xo‘jaligida barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi

Text to speech