Ру Ўз O`z En

G‘o‘za navlari kesimida urug‘lik paxta xom-ashyosi jamg‘arish hajmlari belgilandi

27 Sentyabr 2021 2246

“Urug‘chilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga “qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini yetishtirish hajmlariga doir maqsadli prognoz ko‘rsatkichlarni belgilash” vakolati ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va hukumat tomonidan belgilangan qator topshiriqlarda “xorijiy hamkorlar talabi asosida Davlat reyestriga kiritilgan navlarning urug‘lik zaxirasini yetarli miqdorda jamg‘arish” vazifasi belgilangan edi.

Shunga muvofiq, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zagroinspeksiya” tomonidan tasdiqlangan “2021 yil mavsumida urug‘chilik fermer xo‘jaliklaridan sifatli urug‘lik paxta xom ashyosi tayyorlash hamda Respublikada sinalayotgan yangi g‘o‘za navlarining istiqbolliligini va rayonlashtirilishini o‘rganish chora-tadbirlari to‘g‘risida yig‘ilish qo‘shma bayoni” bilan Respublika hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlarining Davlat reyestriga kiritilgan, istiqbolli hamda yangi g‘o‘za navlaridan kelgusi yil hosili uchun jamg‘arilishi kutilayotgan urug‘lik paxta hajmlari belgilandi.

Shu maqsadda, urug‘lik paxta yetishtirish huquqiga ega bo‘lgan 3827 nafar fermer xo‘jaliklarining 127,3 ming gektar g‘o‘za maydonlarida agrotexnik va urug‘chilik tadbirlarining o‘tkazilishi nazorat qilib borildi va aprobatsiyadan o‘tkazildi.

Urug‘chilik talablariga rioya qilgan holda parvarishlangan hamda urug‘lik yetishtirishga yaroqli deb topilgan 3485 nafar fermer xo‘jaliklarining qariyb 101 ming gektar maydonidan urug‘lik paxta yetishtirish belgilandi.

Xususan, joriy yil hosilidan jami 153,7 ming tonna urug‘lik paxta jamg‘arish belgilangan bo‘lib, shundan 119,5 ming tonnasi asosiy, 34,2 ming tonnasi zaxira fondini tashkil qiladi.

Shu jumladan, Respublikaning asosiy maydonlarida ekib kelinayotgan Sulton navidan 25 ming, Buxoro-102 navidan 15 ming, s-8290 navidan 9,2 ming, Andijon-35 navidan 8,3 ming, Namangan-77 navidan 6,1 ming, Buxoro-6 navidan 5,6 ming, Buxoro-8 navidan 5,1 ming tonna urug‘lik uchun paxta xomashyosi qabul qilinishi kutilmoqda.

Kelgusi yil hosili uchun sifatli urug‘lik paxta jamg‘arish maqsadida paxta to‘qimachilik klasterlarida urug‘lik paxta xomashyosining qabul qilinishi borasida kunlik nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Neʼmat Ismailov, Inspeksiyaning Urug‘lik paxta xom-ashyosi chigiti yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi 

 

Text to speech