Ру Ўз O`z En

G‘o‘za navlarining navdorligi

19 Avgust 2021 2787

O‘zbekiston Respublikasi “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, urug‘lik yetishtirish uchun foydalaniladigan urug‘lik ekinlarni tuproqqa ekib baholash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘tkaziladi.

Shunga muvofiq, “O‘zagroinspeksiya” huzuridagi Agrosanoat majuida xizmatlar ko‘rsatish markazi davlat unitar korxonasi tomonidan paxta-to‘qimachilik klasterlari, kooperatsiyalar hamda elita urug‘chilik xo‘jaliklarida 2020 - yil hosilidan tayyorlangan g‘o‘zaning 53 ta navlarining 3 ta avlodi (elita-83 ta, R1-116 ta, R2-52 ta) dan jami 251 ta urug‘lik chigit namunalari nav mualliflari va originatorlar ishtirokida baholashdan o‘tkazildi.

Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklarida yetishtirilgan elita avlodli urug‘lik chigitlarning navdorligi 93-98 foizni tashkil qilgan holda 2-7 foizgacha begona nav aralashmalari mavjudligi aniqlandi. Jumladan, elita avlodiga mansub 83 ta nav namunalarining 2 tasida, yaʼni Buxoro viloyati Vobkent tumani elita xo‘jaligida tayyorlangan Buxoro-8 navining navdorlik ko‘rsatkichlari 100 foiz deb topilib, standart talabiga javob berishi qayd etilgan bo‘lsa, Quva tumanidagi yangi navlar urug‘ini dastlabki ko‘paytirish bilan shug‘ullanuvchi elita xo‘jaligidan yuborilgan SP-Rashidon navida 93 foizni, begona nav aralashmalari 7 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, Sirdaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida tayyorlangan 4 ta (SSB K, Namangan-77, S-7303 va An-519) nav namunalarining navdorligi 94 foiz yoki 6 foizga begona nav aralashmasi mavjudligi aniqlandi (jadval-1)

 1-жадвал. Грунконтрол натижалари-2021.pdf

Bundan tashqari, 7 ta namunalarda navdorlik-95 foizni, 27 tasida 96 foizni, 23 tasida 97 foizni, 19 tasida 98 foizni tashkil qildi.

Shuningdek, 1-avlodga mansub urug‘lik chigit namunalarida ham 3-7 foizgacha begona nav aralashmalari mavjud bo‘lib, navdorlik 6 ta namunada 93 foiz, 22 ta namunada 94 foiz, 46 ta namunada 95 foiz, 27 ta namunada 96 foiz va 15 ta namunada 97 foizga teng bo‘ldi (jadval-2).

 2- жадвал. Грунконтрол натижалари-2021.pdf

Rayonlashgan va yangi g‘o‘za navlarining 2-avlodga mansub urug‘lik chigit namunalarida esa begona nav aralashmalari 5-7 foizni tashkil qilgani holda ko‘rsatkich 93-95 foiz, 8 ta namunada 93 foiz, 30 ta namunada 94 foiz, 14 ta namunada 95 foizni tashkil qildi (jadval-3).

 3- жадвал Грунконтрол натижалари-2021.pdf

O‘rganish natijalaridan kelib chiqib, 2022 - yil hosili uchun yuqori sifatli va sara urug‘lik paxta xom-ashyosi jamg‘arish maqsadida urug‘lik maydonlarda aprobatsiya ko‘rigini sifatli o‘tkazish, davlat andozasi talablaridagi nav tozaligini taʼminlash yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga ko‘rsatma berilishini taʼminlash bo‘yicha murojaat xati va tahlil natijalari yuborildi.

 

N.Ismailov – Urug‘lik paxta xom ashyosi chigiti yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

Text to speech