Ру Ўз O`z En

XORAZM : hukumat qarorlarida belgilangan imtiyozlar asosida xarid qilingan texnikalar Inspeksiya nazoratida 

20 Sentyabr 2024 704

Xorazm viloyati tumanlarida 2025 yilgi g‘alla hosili uchun ekin ekiladigan jami maydonlar 33 ming 200 gektar bo‘lib, shundan ochiq maydonga 2 ming 275 gektar va g‘o‘za qator orasiga 30 ming 925 gektar don urug‘lari qadalishi rejalashtirilgan.

Mazkur tadbir uchun yer tayyorlash ishlariga 73 ta texnika va 639 ta moslamalar, 63 ta don ekish seyalkalari jalb qilinishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda ushbu texnikalar to‘liq mavsumga tayyorlangan holda safarbar qilindi.

Hukumat tomonidan qabul qilingan sohaga doir qarorlar (24.11.2022 yil, 672-son) dehqon va fermer xo‘jalik rahbarlariga bir qator imtiyozlar bermoqda. Imtiyozlardan foydalangan dehqon va fermer xo‘jaliklari o‘zlarining moddiy texnik bazalarini yangilab olishga erishdilar.

Jumladan, viloyatdagi dehqon va fermer xo‘jaliklarida 2022 yilda don ekish seyalkalari 25 tani tashkil qilgan bo‘lsa, imtiyozlardan foydalangan holda 2024 yilga kelib 63 tani, Xuddi shunday lazerli yer tekislagichlar soni 2022 yilda 142 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib 435 tani tashkil etmoqda. 

Viloyatdagi barcha turdagi qishloq xo‘jalik texnikalarini mavsumga tayyorgarligi hukumatning “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan talablar asosida tumanlardagi texnika nazorati mutaxassislari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Imtiyoz asosida yangidan xarid qilingan qishloq xo‘jalik texnikalari va moslamalarining hisobi elektron bazada yuritilib, o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazib kelinmoqda.

Amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan O‘zagroinspeksiyaga berilgan vakolatlardan kelib chiqib, qishloq xo‘jalik texnikalarini paxta yig‘im terim mavsumiga tayyorlash bo‘yicha kunlik nazorat tadbirlari davom ettirilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli taʼsir choralari ko‘rib borilmoqda.

 

D.Polvonov, q.Sabirov- "O‘zagroinspeksiya"ning Xorazm viloyat boshqarmasi Texnika nazorati sho‘basi

Text to speech