Andijon viloyati Shaxrixon tumanida sug‘oriladigan yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olinishini oldini olish, yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish hamda muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish yuzasidan nazorat tartibida o‘rganishlar o‘tkazildi.
Natijalariga ko‘ra Shaxrixon tumanida 0.723 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan ekin yer maydonlari 31 ta holatda, fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, beton poydevorlar, g‘ishtlar bilan o‘rab olib, bino-inshootlar qurish ishlari amalga oshirilayotganligi maʼlum bo‘ldi.
Buning natijasida tuproqning unumdor qatlamiga zarar yetkazilgan. Hukumatning “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda o‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash formulasi keltirilgan.
Shunga asosan Shaxrixon tumanidagi jami 31 ta holat bo‘yicha 742 mln. 485 ming 156 so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.Yuqoridagi 31 ta holat bo‘yicha jami 0.723 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlarida aniqlangan holatlarni bartaraf etish yuzasidan viloyat prokuraturasiga maʼlumotlar taqdim etildi.
"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati