Ру Ўз O`z En

"Inspeksiya boshlig‘i kubogi" g‘oliblari aniqlandi

26 May 2022 1606

Davlatimiz rahbarining Farmoni bilan aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda sportning bir necha turlari ustuvor etib belgilangan.

Xususan, ushbu Farmon doirasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha Agroinspeksiya tizimda faoliyat olib boruvchi xodimlar o‘rtasida uch bosqichda sport musobaqalari tashkil etildi.

Bugun, 26 may kuni tashkil etilgan final musobaqalarida 3-o‘rin Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi paxta xom ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish shoʻbasi katta inspektori Abdullayev Abdulaziz Alimboy o‘g‘liga,

2- o‘rin Markaziy apparat Kadrlar boshqarmasi katta inspektori O‘tbosarov Ulug‘bek O‘ktam o‘g‘liga,

faxrli 1-o‘rin shuningdek "Inspeksiya boshlig‘i kubogi" Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani bo‘limi Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish bo‘yicha katta inspektor Matiyakubov Sarvar Maxmudovichga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan kubok, diplom va belgilangan pul mukofotlari topshirildi. 

Taqdirlash marosimidan fotolavhalar

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati 

 

 

Text to speech