O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada quyonchilik sohasini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha hora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 18 yanvardagi 29-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Quyonchilik xo‘jaliklari tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan uskunalar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, butlovchi buyumlar va materiallar, naslli quyon hamda ozuqa qo‘shimchalari, istisno tariqasida, 3 yil muddatga bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilindi hamda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘ini
1 yil muddatga kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi.
Shu bilan birga, Respublikaga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan, o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 17 yanvardagi 27-son qarori
Qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniev va Hisob palatasi raisi o‘rinbosari S.S. Saidkarimov boshchiligida «Buxoro agro» erkin iqtisodiy zonasidagi muammoli issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Markaziy bank hamda tijorat banklarining «Buxoro agro» erkin iqtisodiy zonasidagi issiqxona xo‘jaliklariga:
davlat dasturlari doirasida hamda davlat qarzi evaziga jalb qilinadigan resurslar hisobidan ajratiladigan kreditlar muddatini
7 yildan 10 yilgacha qilib belgilash hamda mazkur issiqxona xo‘jaliklariga ilgari ajratilgan kredit muddatlarini tegishli ravishda 3 yilgacha uzaytirish;
xorijiy valyutada ajratilgan kreditlarni milliy valyutada qayta rasmiylashtirish hamda amaldagi kompensatsiya taqdim etish to‘g‘risidagi shartnomalari mavjud bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlariga foiz xarajatlarining 5 foizdan oshmagan qismini Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan qoplab berish;
tabiiy gaz uchun mavjud qarzdorlikni 6 oyga uzaytirish va 2022 yil 1 iyuldan boshlab teng ulushlarda yil oxirigacha qaytarish; tabiiy gaz uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya miqdorini 0,4 foizidan 0,1 foizga tushirish, shuningdek 2021 yil 31 dekabr holatiga hisoblangan penya summasini hisobdan chiqarish;
tabiiy gaz uchun oshirilgan stavkada (shartnomaviy hajmdan oshgan qism uchun 1,4 koeffitsient) to‘lov qo‘llash tartibini bekor qilindi.
Parranda go‘shti uchun subsidiya miqdori oshirildi
“Parrandachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–100-son, 24.01.2022 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan 2024 yil 1 yanvargacha QQS to‘lovchisi bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga – o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, sotilgan parranda go‘shtining har bir kilogrami uchun subsidiya miqdori 2 500 so‘m etib belgilandi (ilgari 1000 so‘m edi)
Subsidiya QQSdan vaqtinchalik ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi.
1-fevraldan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?
Hokimlarning qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlariga ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari ham biriktiriladi
“Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga asosan 2022 yil 1 fevraldan:
- viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi kiritiladi;
- Toshkent shahri va uning tumanlari hokimlarining arxitektura, kapital qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritiladi.
Jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida o‘z xonadonida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi
Prezidentning baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha prezident qaroriga muvofiq 2022 yil 1 fevraldan:
jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida o‘z xonadonida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi;
2025 yil 1 yanvarga qadar ayrim soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi.
Baliq yetishtiruvchi xonadon egalariga yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida belgilanadi.
S1 yoki unga teng darajadagi sertifikatga ega rus tili o‘qituvchilariga ustama to‘lanadi
S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab ikki yil davomida 50 foiz ustama to‘lanadi.
Bundan tashqari, Toshkent va Samarqand shaharlarida faoliyat yuritadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari:
- ta’lim jarayonida foydalaniladigan bino va inshootlar ijara to‘lovi xarajatlarining 50 foizigacha Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
vazirlik va idoralar tizimidagi kollej va texnikumlarning bino va inshootlarida faoliyatini amalga oshirganida ijara to‘lovidan ozod etiladi (saqlash va kommunal to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar bundan mustasno).
26ta tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etiladi
Korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan ayrim davlat tashkilotlari faoliyatiga eksperiment tariqasida
1 fevraldan boshlab korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etiladi.
2022 yil 1 iyuldan boshlab tizim barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.
Masofadan amalga oshirilgan savdo bo‘yicha elektron cheklarda fiskal belgilar aks ettiriladi
To‘lov tashkiloti, tijorat banklarining elektron to‘lov xizmatlari (shu jumladan mobil ilovalar orqali), shuningdek, elektron tijorat platformalari — «Marketpleys»larning axborot tizimlari yordamida masofadan turib amalga oshirilgan savdo
va pullik xizmatlar bo‘yicha tranzaksiyalarning («P2P», kredit to‘lovlari bundan mustasno) elektron cheklarida soliq organlari axborotlar tizimlariga integratsiyalashgan va avtomatik tarzda shakllanuvchi fiskal belgilarni majburiy aks ettirish talabi o‘rnatiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun o‘quv kurslari tashkil etiladi
Prezident qaroriga binoan:
barcha hududlardagi kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha har chorakda qisqa muddatli kurslar;
«Ishga marhamat» monomarkazlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tavsiya etilgan va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar, xorijiy til, kompyuter savodxonligi va kompyuterda dasturlash asoslari bo‘yicha doimiy ravishda o‘quv kurslari tashkil etiladi.
O‘quv kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hamda xorijiy grant va kreditlar hisobidan amalga oshiriladi.
Mahalliy farmasevtika kompaniyalarining mahsulotlarini xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari qoplab beriladi
Mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning farmasevtika mahsulotlarini xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlarining 75 foizi ular ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan so‘ng Farmasevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasidan qoplab beriladi.
«Mehr daftari»ga kiritilgan yetim bolalarga oid ma’lumotlarni «Elektron hukumat» tizimi orqali aniqlash yo‘lga qo‘yiladi
Hukumat qaroriga binoan «Mehr daftari»ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga oid ma’lumotlarni «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali aniqlash yo‘lga qo‘yiladi.
Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga byudjetdan har oylik qo‘shimcha transfertlar ajratiladi
Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining asosiy moliyaviy manbai hisoblangan turistik yig‘im (mehmonxona yig‘imi)ni hisoblash va to‘lash 2021 yil 1 sentyabrdan to‘xtatilgani sababli Moliya vazirligi 2023 yil 1 yanvarga qadar Davlat byudjetidan Jamg‘armaga har oyda 2,5 mlrd so‘m miqdoridagi qo‘shimcha transfertlar ajratadi.
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi
“2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
2026 yilgacha ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to‘liq qamrab olinadi.
2022 yil 1 apreldan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1-4-sinf o‘quvchilari bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan ta’minlanadi.
2023 yil 1 yanvardan pensiyani hisob-kitob qilishda ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining
10 barobaridan 12 barobarigacha oshiriladi.
O‘zbekistonni keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo‘nalishi belgilandi
- xalqimizning farovonligini yanada oshirish;
- iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish;
- inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash;
- faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan 7 ta ustuvor yo‘nalishni qamrab olgan.
Farmonda O‘zbekistonni keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida 100 ta maqsadlarga erishishga qaratilgan va 2022 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 398 ta chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, qabul qilingan farmon loyihasi bo‘yicha 16,7 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan. Ularni har tomonlama ko‘rib chiqish yakuniga ko‘ra, hujjatga qariyb 100 ta konseptual hamda 200 dan ortiq aniqlashtiruvchi tahririy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Inspeksiyaning Нuquqiy ta’minlash va хalqaro huquqiy aloqalar bo‘limi