Ру Ўз O`z En

Inspeksiya Markaziy apparatida bo‘lib o‘tgan sport tadbirining shaxmat, shashka yo‘nalishi g‘oliblari taqdirlandilar

18 Aprel 2022 1301

Avval xabar berganimizdek, Agroinspeksiya markaziy apparati xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq "Yoshlar OIV infeksiyasiga qarshi" shiori ostida “O‘zagroinspeksiya” markaziy apparatida xodimlar o‘rtasida sportning shaxmat, shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

 

Musobaqada Markaziy apparatning 40 dan ortiq xodimlari ishtirok etdilar. G‘oliblik uchun daʼvogarlar o‘rtasidagi bahs qizg‘in va murosasiz kechib, sportning Shaxmat yo‘nalishida 1-o‘rin Don ekinlari urug‘lari yetishtirishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i - Sh. Xayitovga;

2-o‘rin Xat va hujjatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i- Sh. Bo‘ronovga

 3-o‘rin Moliyalashtirish va xo‘jalik boshqarmasi yetakchi mutaxassisi  E. Nishonovlarga nasib etdi.

Sportning Shashka turi bo‘yicha g‘oliblikni Xat va hujjatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i- Sh. Bo‘ronov ( 1-o‘rin) ;

2-o‘rin Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Q. Abdujapparov;

3-o‘rinni Moliyalashtirish va xo‘jalik boshqarmasi I-chi toifali mutaxassisi J.Panjiyevlar qo‘lga kiritdilar.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, bu yilgi musobaqalarda Inspeksiyaning ayol xodimlari ham erkaklar bilan tengma-teng bahs olib bordilar va musobaqaning "Eng faol ishtirokchi" nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi. Shashka bo‘yicha “ Eng faol ishtirokchi” rag‘batlantiruvchi mukofotiga Paxta xom-ashyosi va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi bosh inspektori Sh.Mamadaliyeva, Shaxmat yo‘nalishida “Eng faol ishtirokchi” mukofotiga Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi katta inspektori G. Gandajevalar loyiq deb topildi

G‘oliblarga Inspeksiya rahbariyati va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi X. Shodiyeva boshchiligida uyushma tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Kelgusida, bu kabi sport tadbirlarini Agroinspeksiyaning hududiy boshqarmalarini ham  qamrab olgan holda  Respublika miqiyosida o‘tkazish rejasi bor.

Tadbirdan lavhalarni bu yerda ko'ring

“O‘zagroinspeksiya” Axborot xizmati

 

 

Text to speech