Yurtboshimizning joriy yil 23 avgustdagi Mamlakatimizni har tomonlama shon-shuhratini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan, yosh avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan yurtdoshlarimizni «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmoniga binoan bugun 30 avgust kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Markaziy appart xodimlarining bir guruhi taqdirlandilar.
Shu munosabat Inspeksiya anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda inspeksiya rahbariyati, markaziy apparat xodimlari, tizim fahriylari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Inspeksiya rahbari Abrol Vahabov so‘zga chiqib, barchani qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabrikladi.
Taʼkidlandiki, sharafli, masʼuliyatli vazifalarni amalga oshirishda, Prezident taʼbiri bilan aytganda, “o‘zini qiynab”, davlat uchun, xalq xizmati uchun bor kuchini ayamaydigan “O‘zagroinspeksiya” xodimlarining ham tinimsiz izlanishlari bugungi eng aziz bayramimizni yorug‘ yuz bilan nishonlashga sabab bo‘lmoqda.
Fursatdan foydalanib, Inspeksiya jamoasi yurtdoshlarimizni Mustaqilligimiz bayrami munosabati bilan chin dildan tabriklaydi. Ularga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat hamda xonadonlariga tinchlik - xotirjamlik, fayzu - baraka tilaydi.
Inspeksiyaning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi