Ру Ўз O`z En

Inspeksiyada Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining yig‘ilishi tashkil etildi

29 Iyul 2021 2077

Bugun 29 iyul kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Markaziy apparatida Inspeksiya Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining 2021 yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish zum platformasida tashkil etilib, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha inspeksiyaning hududiy boshqarmalardagi masʼullari ishtirok etishdi.

Inspeksiya boshlig‘ining Maʼnaviy va maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha maslahatchisi Gulhayo Irgasheva tomonidan olib borilgan yig‘ilishda, kun tartibidagi:

Inspeksiya tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo‘yicha 2021 yil uchun “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi ahvoli;

O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi 61-son qarori bilan tasdiqlangan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda Inspeksiya boshlig‘ining        2021 yil 16 fevraldagi 8-um-son “Inspeksiyada lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini taʼminlash bo‘yicha joylarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Inspeksiya Axborot xizmati

Text to speech