Ру Ўз O`z En

Inspeksiyada xotin-qizlar eʼzozda

3 Avgust 2022 1852

Mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yana-da mustahkamlash, hayotdan rozi bo‘lib yashashlariga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda madaniy-maʼrifiy yo‘nalishdagi tadbirlarning ham o‘rni va ahamiyati, ayniqsa beqiyosdir. Bu borada “O‘zagroinspeksiyaning Qashqadaryo viloyati boshqarmasida alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda boshqarmaning Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi va boshqarma boshlig‘ining qo‘llab-quvvatlashi bilan tizimda mehnat qilayotgan 15 nafar xotin-qiz uchun Shahrisabz shahriga sayohat tashkil etildi.

- "Hozirda boshqarma va uning Dehqonobod, Nishon, Muborak, Mirishkor, Qarshi, Yakkabog‘ va Shahrisabz tumani bo‘limlarida 15 nafar xotin-qiz faoliyat yuritadi" , - deydi boshqarmaning Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti raisi Dildora Xayriyeva. - Bugungi kunda xotin-qizlarni qanchalik ijtimoiy qo‘llab-quvvatlasak, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilsak, munosib mehnat va turmush sharoitini yaratib, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilasak, jamiyat ham shunchalar yuksaklikka ko‘tariladi. Chunki ayol, nafaqat ona, rafiqa, balki kelajak avlodni komil insonlar qilib voyaga yetkazayotgan shaxsdir.

Sayohat davrida xotin-qizlar Shahrisabz shahrining ko‘hna obidalari, shahar tarixi va taniqli insonlarining hayot yo‘li bilan tanishdilar. Eng asosiysi, sayohat davomida Qashqadaryoning turli shahar va tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni bir joyga yig‘ish, ular bilan tanishish, ishchanlik va do‘stlik rishtalarini bog‘lashga sabab bo‘ldi.

Sayohat davomida xotin-qizlarimiz tarixiy obidalar go‘zalligidan bahramand bo‘lar ekan, bugungi kunda xotin-qizlarga bo‘lgan eʼtibor, yaratilayotgan imkoniyatlarni his qilgan holda sayohat tashkilotchilariga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.

Bu kabi tadbirlar davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.

 

Sarvinoz ISMOILOVA, “O‘zagroinspeksiyaning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari

Text to speech