Ру Ўз O`z En

Inspeksiyaga yuklatilgan vazifalarning Forishdagi ijrosi qanday bo‘lmoqda 

22 Sentyabr 2021 1536

Prezidentning 2019 yil 15 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4241-sonli qarori bilan Agrosanoat sohasida qonunchilikni taʼminlash maqsadida Inspeksiya zimmasiga bir qator muhim va ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Xususan, Inspeksiyaning Forish tuman bo‘limi tomonidan ham sohada qonunchilik ijrosini taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 468 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, shundan 299 tasi texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish yo‘nalishida olib borilgan. Jumladan, ushbu yo‘nalishda 2 ta tekshirish 297 ta monitoring tadbirlari amalga oshirilgan va 62 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan tegishli shaxslarga 16 ta yozma ko‘rsatma berilib, masʼullarga ta taqdimnoma kiritilgan. 43 ta holat bo‘yicha esa maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.  

Bilamizki, Forish tumani o‘zining geografik joylashuviga ko‘ra, chorvachilik sohasi uchun qulay hudud hisoblanadi. Yaʼni, bepoyon qir-adirliklar va yaylovlar bu yerda chorvachilikni keng rivojlantirish imkonini beradi. Mazkur sohada ham Inspeksiyaning tuman bo‘limi tomonidan chorvachilikda naslchilik ishlarini nazorat qilish yo‘nalishida ham nazorat ishlari olib borilmoqda. Bu borada joriy yil davomida 72 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, aniqlangan holatlar yuzasidan 45 ta yozma ko‘rsatma berilgan va 4 ta taqdimnoma kiritilgan.  

Umuman olganda, 2021 yilning shu davriga qadar olib borilgan 468 ta nazorat tadbirlarida 143 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan bo‘lsa, bular yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan 341 ta ogohlantirish xatlari, 72 ta yozma ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, tegishli joylarga 13 ta taqdimnoma kiritilib, 46 ta maʼmuriy materiallar bo‘yicha qonunbuzarlarga 6 mln 875 ming 900 so‘mlik jarima jazolari qo‘llanilgan.

 Diyor Boturov, “O‘zagroinspeksiyaning Forish tuman bo‘limi boshlig‘i

 

Text to speech