Kitob insonni kamolotga eltuvchi mayoqdir. Kitob qalbni tarbiyalabgina qolmay, inson tafakkuri va dunyoqarashining yuksalishiga ham beminnat xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyeyov rahbarligida o‘tkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi kengaytirilgan yig‘ilishi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha va Vazirlar Mahkamasining “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash milliy dasturini tiklash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash hamda Inspeksiya xodimlarini mutolaaga chorlash va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ilm-maʼrifatini yana-da boyitish maqsadida, «O‘zagroinspeksiya»ning Navoiy viloyat boshqarmasi Axborot xizmati hamda Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼul xodimlar tashabbusi bilan “Inspeksiya kutubxonasi” tashkil etildi.
Kutubxonada 100 dan ortiq huquqiy, siyosiy, badiiy hamda qishloq xo‘jaligi sohasiga oid kitoblar xodimlarning siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirishlari hamda o‘qib o‘rganishlari uchun olib kelindi. Kutubxonaning yana bir eʼtiborli tarafi shundaki, Inspeksiya xodimlariga yana qulaylik yaratish maqsadida, zamonaviy elektron kitoblar to‘plami ham tashkil etildi. Shu bilan birga, kutubxonada xodimlarning kitoblarni o‘qib o‘rganishlari uchun barcha barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Darhaqiqat, tashabbuskorlik bo‘lgan joyda rivoj va taraqqiyot bo‘ladi. Kitob - eng yaxshi do‘st, eng kuchli tarbiyachi, fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbadir. Yangi kutubxonani tashkil etilishi Inspeksiyaning Navoiy viloyatida kitobsevarlar, kitobxonlar safi yana kengayadi va barchamizni yuksak maʼnaviyat sari chorlayveradi.
«O‘zagroinspeksiya»ning Navoiy viloyat boshqarmasi