Ру Ўз O`z En

Inspeksiyaning Shumanay bo‘limi tomonidan g‘alla mavsumiga tayyorgarlik

24 May 2022 1091

Davlat rahbarining joriy yil 11 may kuni o‘tkazilgan “Don mahsulotlari korxonalarida transformatsiya jarayonlarining natijadorligini oshirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “O‘zagroinspeksiyaga 2022 yil hosilidan urug‘lik yetishtirish uchun ekilgan urug‘lik g‘alla maydonlarini nes-nobud qilmasdan qisqa muddatlarda yig‘ishtirib olishni nazorat qilish belgilangan.

Inspeksiyaning Shumanay tumani bo‘limi tomonidan mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash bo‘yicha tumandagi urug‘chilik subyektlarining urug‘lik g‘alla maydonlarida va "Taxiatash Don" Aksiyadorlik jamiyatiga qarashli "Qarabayli guruch" filialida monitoring tadbirlari o‘tkazildi.

Shumanay tumanida 2022 yil hosili uchun 2 ta g‘allachilik Klasterlari va 5 ta fermer xo‘jaliklarining jami 300 gektar maydoniga urug‘lik g‘allaning "Antonina", "Alekseyevich" va “Asr” navlari ekilib, 900 tonna urug‘lik don topshirish reja qilingan bo‘lib, bugungi kunda urug‘lik g‘allani parvarishlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, ekilgan g‘alla maydonlari to‘liq boshoqlash fazasida bo‘lib, ushbu maydonlarda to‘lig‘i bilan ikki marotaba oziqlantirish, bir marotaba sug‘orish, uch marotaba suspenziya sepish va begona o‘tlarga qarshi bir marotaba gerbitsidlar bilan ishlov berish ishlari yakunlanib, ayni kunda aprobatsiya o‘tkazishga tayyorlanmoqda.

Shuningdek, monitoring davomida barcha urug‘lik g‘alla maydonlarida urug‘lik maydonni aks ettiruvchi pannolar o‘rnatish hamda begona navlar va o‘tlardan tozalash maqsadida qo‘lda navdorlik o‘tog‘ini o‘tkazish ishlari belgilangan talablarga javob bermaydigan qilib, sifatsiz tashkil etilayotganligi holatlari bo‘yicha aprobatsiya ko‘rigiga  tayyorlash haqida urug‘chilik subyektlari rahbarlariga hamda aprobatsiya tadbirlarini sifatli o‘tkazilishini taʼminlash to‘g‘risida tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘iga yozma ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan urug‘lik g‘alla maydonlarini nes-nobud qilmasdan qisqa muddatlarda yig‘ishtirib olish maqsadida; 1 ta o‘rim-yig‘im otryadlari, 2 ta don o‘rish kombaynlari, 4 ta don tashish mashinalari va 1 ta don qabul qilish shoxobchalariga biriktirilgan.

Inspeksiyaning Shumanay tumani bo‘limi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan urug‘lik g‘alla maydonlarini nes-nobud qilmasdan qisqa muddatlarda yig‘ishtirib olish qattiq nazoratga olingan.

Azimjon Qurbonboyev, “O‘zagroinspeksiyaShumanay tumani bo‘limi Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining yetishtirilishi va taʼminotini nazorat qilish shoʻbasi katta inspektori   

Text to speech