O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Toshkent viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan Inspeksiya faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ijrosini taʼminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Boshqarma va tuman bo‘limlari tomonidan 2021 yilning 8 oyi davomida jami 9856 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 1983 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan, huquqbuzarlarga nisbatan 287495 ming so‘m maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan, shundan 264523 ming so‘mi to‘liq undirilgan. Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy qarorlar qabul qilish uchun 482 ta materiallar jinoiy ishlar bo‘yicha sudlarga yuborilishi taʼminlangan.
Bundan tashqari, aniqlangan 9 ta qonunbuzilishi holatlari yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy qarorlar qabul qilish uchun prokuratura idoralariga yuborilgan. Inspeksiya organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 5889 ta ogohlantiruv xatlari va 1660 ta yozma ko‘rsatmalar berilgan.
Shuningdek, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida oldini olish borasida uchun jami 364 ta taqdimnomalar kiritilgan bo‘lib, shundan 20 ta paxta xom ashyosi urug‘larini yetishtirish, 34 ta don urug‘larini yetishtirish, 96 ta agrotexnik tadbirlarini o‘tkazilishi, 90 ta holatda esa chorvachilikda naslchilikni nazorat qilish va boshqa soha yo‘nalishlarini tashkil etadi.
Inspeksiyaning soha yo‘nalishlari tahlil qilinganda, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining yetishtirilishi va taʼminotini nazorat qilish, paxta xom ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish sohasi yo‘nalishi bo‘yicha 1458 ta o‘tkazilgan nazorat tadbirlari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar soni 506 tani tashkil qilib, shundan 184 holatda bayonnomalar rasmiylashtirilgan, 251 ta yozma ko‘rsatmalar berilgan, 80 ta maʼmuriy qarorlar qabul qilinib, huquqbuzarlarga nisbatan 33622,9 ming so‘m maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bajarilishi lozim bo‘lgan tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazilishini taʼminlash maqsadida 71 ta taqdimnoma kiritilgan va 986 ta ogohlantiruvlar berilgan.
Misol uchun, joriy yilning 17-iyul kuni Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi paxta xom ashyosi, don, urug‘ va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni nazorat qilish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida, Piskent tumanida yashovchi fuqaro Sh.Nazarov tomonidan Piskent “Nav sinash” uchastkasida qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini joylashtirish tartibini buzganligi aniklangan. Mazkur holat yuzasidan Sh.Nazarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 104-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarimaga tortilgan.
Bundan tashqari, 2021 yil 19 iyul kuni Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi paxta xom ashyosi, don, urug‘ va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni nazorat qilish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida, O‘rtachirchiqtumanida yashovchi fukaro B.Berkinov tomonidan “Sholichilik” ITI da karantin eʼlon qilingan begona o‘tlarga qarshi kurash chorasini ko‘rmaganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan B.Berkinovga nisbatan nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 107-moddasi 1-kismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima qo‘llanilgan.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslari va yerlardan foydalanishni nazorat qilish sohasi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring natijasida, suv xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, sunʼiy suv obyektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanishi hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan jami 2215 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, 1096 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan, 444 ta holatda esa maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, shundan 65 tasi qonuniy qaror qabul qilishlik uchun sudlarga yuborilishi taʼminlangan.
378 ta bayonnomalar bo‘yicha maʼmuriy ishlar qo‘zg‘atilib, huquqbuzarlarga nisbatan 110443 ming so‘m jarima qo‘llanilgan, shundan 107502 ming jarima to‘liq undirilishi taʼminlangan. Mazkur sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, bajarilishi lozim bo‘lgan tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazilishini taʼminlash maqsadida fermer xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlarga 1037 ta ogohlantiruv kiritilgan.
Masalan, Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan joriy yilning 30 avgust kuni Bo‘stonliq tumanidagi “Yangi Aul” nasos stansiyasida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida, ushbu nasos stansiyasi mashinisti K.Ergashev tomonidan noqonuniy ravishda suvni talabnomasiz yetkazib berganligi aniqlangan, mazkur holat yuzasidan fuqaro K.Ergashevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 74-moddasi 2-qismi bilan maʼmuriy ish qo‘zg‘atilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (245000 so‘m) miqdorida jarima qo‘llanilgan va to‘liq undirilishi taʼminlangan.
Xuddi shunday holat, O‘rtachirchiq tumani irrigatsiya bo‘limi nazoratidagi “Xonarik” kanalidan irrigatsiya bo‘limi muhandisi M.Jalolov tomonidan noqonuniy ravishda talabnomasiz ortiqcha suv yetkazib berilganligi aniqlangan va mazkur holat yuzasidan fuqaro M.Jalolovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 74-moddasi 2-qismi bilan maʼmuriy ish qo‘zg‘atilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (245000 so‘m) miqdorida jarimaga tortilib, jarima to‘liq undirilgan.
Chorvachilikda naslchilik sohasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Naslchilik to‘g‘risida”gi qonuni va sohaga oid boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilib, ijrosi bo‘yicha jami 1069 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, shundan aniqlangan qonunbuzilishlar 443 tani tashkil qiladi.
Chorvachilikda naslchilik ishlarini nazorat qilish sohasida aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan 26 maʼmuriy ishlar qo‘zg‘atilgan, 104 ta rasmiylashtirilgan bayonnomalar ko‘rib chiqishlik uchun sudlarga yuborilishi taʼminlangan. Fermer xo‘jaliklari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlariga 634 ta ogohlantiruv va 222 ta yozma ko‘rsatmalar berilgan hamda davlat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish viloyat boshqarmasiga va boshqa tashkilot va korxonalarga esa 90 ta taqdimnomalar kiritilgan.
Texnika holatini nazorat qilish sohasida jami 1874 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, 1079 ta aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 898 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan, shundan 824 ta holatda maʼmuriy ishlar qo‘zg‘atilgan , ularga nisbatan jami 94084,7 ming so‘mlik jarima summalari qo‘llanilib, shundan 88770 ming so‘m jarimalar to‘liq undirilgan. Shuningdek, fermer xo‘jaliklari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlariga nisbatan 897 ta ogohlantiruvlar berilgan.
Misol tariqasida, Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi texnika holatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan joriy yilning 14- iyul kuni Zangiota tumani “Turkiston” qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro J.Yunusxo‘jayev o‘ziga tegishli bulgan T-40 rusumli traktorni yoritish va burilish chiroqlari nosoz holda boshqarganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan fuqaro J.Yunusxo‘jayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 112-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy ish qo‘zg‘atilib, bazaviy hisoblash miqdorining 1/3 qismi (81666 so‘m) miqdorida jarima qo‘llanilib, to‘liq undirilgan.
Shuningdek, agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish borasida 2689 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, 913 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan, shundan 246 ta holatda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan, 161 ta holatda maʼmuriy ishlar qo‘zg‘atilgan, 85 ta holatda qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga materiallar yuborilishi taʼminlanib, korxona va muassasalarga nisbatan 96 ta taqdimnomalar kiritilgan.
Agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 571 ta ko‘rsatma va 2033 ta ogohlantiruvlar berilgan.
Bu boradagi nazorat tadbirlari har bir yo‘nalish bo‘yicha olib borilib, viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan doimiy nazoratga olingan
S.Sadikov, Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i
J.Otaboyev, Maʼmuriy amaliyot bo‘limi bosh inspektori