Ру Ўз O`z En

Inspektorlar tomonidan suvning hisob-kitobi nazoratda

14 Sentyabr 2021 1834

Hukumatning “Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va suvni yetkazib berish bo‘yicha xarajatlarni qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “O‘zagroinspeksiya” tomonidan sug‘orish tarmoqlaridagi suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash hamda suvning hisob-kitobi yuritilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatilgan.

Xususan, joriy yilda “O‘zagroinspeksiya” va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan joylarda belgilangan tartibda o‘tkazilgan o‘rganishlarda jami 11 767 ta holatda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi:

Suv xo‘jaligi tizim tashkilotlari hisobida bo‘lgan irrigatsiya tizimlarida 901 ta suv olish joylaridagi suvni boshqarish vositalari, 832 ta suv olish joylaridagi suv o‘lchash vositalari nosozligi, 621 ta suv olish joylarida suvning hisob-kitobi jurnallari yuritilmaganligi hamda 681 ta suv olish joylarida jurnallar xatoliklar bilan yuritilganligi aniqlandi.

Misol uchun, G‘uzor tuman irrigatsiya bo‘limi hisobidagi “Batosh” kanalining “PK-741”, “Zomin” irrigatsiya tizimi boshqarmasi hisobidagi “DM-1” kanalining “PK-26+00”, “Janubiy Mirzacho‘l” magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi hisobidagi “Markaziy o‘ng tarmoq” kanalining “PK-399+50”, Amudaryo tuman irrigatsiya bo‘limi hisobidagi “Mang‘it arna” kanalining “PK-4+00”, Chortoq tuman irrigatsiya bo‘limi hisobidagi “Alixon” kanalining “O‘zioqar”, Urgut tuman irrigatsiya bo‘limi hisobidagi “G‘ijduvon” kanalining “Jarqishloq-1”, Oqoltin tuman irrigatsiya bo‘limi hisobidagi “O‘ng tarmoq” kanalining “PK-56”, “To‘palang-Qoratog‘” irrigatsiya tizimi boshqarmasi hisobidagi “Chilmirob” kanalining “PK-20+50”, Bo‘stonliq tuman irrigatsiya bo‘limi hisobidagi “Yangi” kanalining “Yangi-1”, Beshariq tuman irrigatsiya bo‘limi hisobidagi “M-2” kanalining “Qipchoq”, Qo‘shko‘pir tuman irrigatsiya bo‘limi hisobidagi “O‘ng tarmoq qilovot” kanalining “PK-106+20” suv olish joylaridagi suvni boshqarish va hisobga olish vositalari nosozligi aniqlandi.

Shuningdek, Pastdarg‘om tuman irrigatsiya bo‘limi hisobidagi “Ming chuqur” kanalining “Do‘stlik-2”, Xovos tuman irrigatsiya bo‘limi hisobidagi “YUR-10” kanalining “bosh”, Sirdaryo viloyat nasos stansiya va energetika boshqarmasi hisobidagi Sayxunobod tumanida joylashgan “Yangiobod-1” nasos stansiyasida, Toshkent viloyati nasos stansiya va energetika boshqarmasi hisobidagi Oxangaron tumanida joylashgan “Qorabuloq 1”, “Kuktor”, Piskent tumanida joylashgan “Yemko‘rg‘on” nasos stansiyasida suvning hisob-kitobi jurnallari yuritilmagan.

Bundan tashqari, Suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer xo‘jaliklari va klasterlar tomonidan 2790 ta suv olish joylari suvni boshqarish, 2383 ta suv olish joylari suv o‘lchash vositalari bilan jihozlanmagan. 1265 ta suv olish joylarida suvning hisob-kitobi yuritilmaganligi, 1999 ta holatda suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari o‘rtasida suv isteʼmoli bo‘yicha shartnomalar tuzilmaganligi aniqlandi.

O‘rganishlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan “O‘zagroinspeksiya” va uning hududiy boshqarmalari hamda tumanlar bo‘limlari tomonidan vakolati doirasida huquqbuzarlarga nisbatan 2756 ta (912 mln.so‘m) maʼmuriy, 1610 ta (1518 mln.so‘m) jarima sanksiyalar qo‘llanildi. 835 ta holat yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘rib chiqishlik uchun to‘plangan hujjatlar sudlarga kiritilishi taʼminlandi.

O‘z navbatida, tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risida 1755 ta yozma ko‘rsatma va taqdimnomalar kiritildi.

Bundan tashqari, huquqbuzarlik sodir etilishini erta oldini olish maqsadida 5929 ta suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga rasman ogohlantirishlar berildi.

Bugungi kunda nazorat tadbirlari belgilangan tartibda o‘tkazilib kelinmoqda.

 

"O‘zagroinspeksiya" Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi

Text to speech