Ру Ўз O`z En

Inspektorlar tomonidanUrug‘lik don tayyorlash sexlarining mavsumga tayyorgarligi o‘rganildi

30 Iyul 2021 2093

Kelgusi yil hosili uchun 272,5 ming tonna urug‘lik donni saralash, tozalash, dorilash va qadoqlash ishlarini amalga oshiradigan “O‘zdonmahsulotAK tarkibidagi don korxonalari, Klasterlar va Elita urug‘chilik xo‘jaliklarining 69 ta urug‘lik sexlarining mavsumga tayyorgarligi o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra Andijon viloyatidagi 4 ta, Buxoroda 3 ta, Qashqadaryoda 9 ta, Navoiyda 3 ta va Xorazmda 4 ta urug‘likni qayta ishlash sexlari viloyat hokimligi tomonidan qayta ishlash grafiklaridagi muddatlarni 1 avgustdan qilib belgilanishi yoki umuman grafiklar taqdim qilinmaganligi natijasida bugungi kungacha ishga kirishilmaganligi aniqlandi.

Shuningdek, 272,5 ming tonna urug‘lik donni dorilash, qadoqlash va saqlash uchun talab etiladigan 184 ming litr kimyoviy preparatlar, 5170 ming dona qop, 5170 ming dona yorliq (etiketka), 2844 kg ip va tayyorlangan urug‘liklarni sifatli saqlashda zarur bo‘lgan 161,6 ming dona yog‘och tagliklar (paddon) zaxirasi to‘liq yaratilmaganligi maʼlum bo‘ldi.

Xususan, Andijon viloyatida “AndijondonmahsulotlariAJga qarashli Baliqchi urug‘lik sexi (1486 litr), Oltinko‘l urug‘lik sexi (2683 l), Buxorodagi “Yakkatut g‘allachilik klasteri” MCHJga qarashli Guliston urug‘lik sexi (3109 l), Qashqadaryodagi “KosondonmahsulotlariMCHJning urug‘lik sexi (2143 l), Samarqanddagi “SamarqanddonmahsulotlariAJga qarashli 3-baza urug‘lik sexi (2285 l), “OqtoshdonmahsulotlariAJga qarashli Ishtixon urug‘lik sexi (3110 l), Surxondaryodagi “SurxondaryodonmahsulotlariAJga qarashli Muzrabod urug‘lik sexi (2226 l), Sherobod urug‘lik sexi (2208 l), Sirdaryodagi “OqoltindonmahsulotlariAJ urug‘lik sexi (12366 l), Toshkentdagi “G‘alla-AltegAJga qarashli Do‘stlik urug‘lik sexi (4884 l), “Oxongaron don” AJ urug‘lik sexi (3443 l), Farg‘onadagi “Farg‘onadonmahsulotlariAJga qarashli Farg‘ona urug‘lik sexi (3459 l), “Bog‘doddonmahsulotlariAJga qarashli Furqat urug‘lik sexi (4313 l), Xorazmdagi “XorazmdonmahsulotlariAJga qarashli Begovot urug‘lik sexi (2069 l) urug‘lik donnga kimyoviy ishlov berish uchun ishlatiladigan kimyoviy preparatlar zaxirasi yaratilmagan.

Shuningdek, dorilangan urug‘liklarni qadoqlashda ishlatiladigan qop, ip, etiketkalarning yetarli miqdorda zaxirasi bilan taʼminlanganligi o‘rganilganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Buxoro viloyati, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi urug‘lik sexlarida to‘liq yaratilmaganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, deyarli barcha urug‘lik sexlarida qayta ishlangan urug‘lik donni sifatli, belgilangan standart talablari asosida saqlash uchun zarur bo‘lgan yog‘och tagliklar bilan taʼminlanganligi maʼlum bo‘ldi.

Eng achinarlisi Qashqadaryo viloyatidagi “Dunyo-MAJga qarashli Shahrisabz urug‘lik sexi, “KosondonmahsulotlariMCHJning urug‘lik sexi, “Don xalq-rizqiAJga qarashli Yettitom urug‘lik sexi, Andijon viloyatidagiAndijondonmahsulotlariAJga qarashli Baliqchi urug‘lik sexi, Oltinko‘l urug‘lik sexi, “AsakadonmahsulotlariAJga qarashli Asaka urug‘lik sexilarining eski don qoldiqlaridan tozalanmaganligi hamda urug‘likni tozalash, saralash va dorilash uskunalari taʼmirlanmaganligi natijasida urug‘lik sexlari mavsumga tayyorlanmagaligi aniqlandi.

Yuqorida keltirib o‘tilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf qilish uchun Don korxonalari, klasterlar va boshqa korxonalarning urug‘lik don tayyorlashga maʼsul bo‘lgan rahbarlariga Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari tomonidan ogohlantirishlar va yozma ko‘rsatmalar berilishi taʼminlandi.

Shoxjahon Jumanov, Inspeksiyaning Don ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi katta inspektori

Text to speech