Ру Ўз O`z En

Qishloq xo‘jaligi texnikasini texnik nosoz holatda boshqarish jarima undirishga sabab bo‘lmoqda

4 Aprel 2022 1817

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va Respublika ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlik natijasiga ko‘ra, haftaning Payshanba kunlari qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan.

Shu maqsadda “O‘zagroinspeksiyaning Andijon viloyat boshqarmasi va Andijon viloyat IIB YHXB hamkorligida reyd tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. O‘tkazilgan tadbirlar davomida texnikadan foydalanish qoidalari buzilishi yuzasidan 14 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Xususan, Andijon shahrining Mustaqillik ko‘chasida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida fuqaro R.H. boshqaruvida bo‘lgan “MTZ-82” rusumli traktori hamda Oltinko‘l tumanining Qorayontoq MFY hududida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida fuqaro A.D. boshqaruvida bo‘lgan “MTZ-80X” rusumli traktorlari to‘tatib tekshirilganida texnikani texnik nosoz holda boshqarayotganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan MJtKning 112- moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari vaqtinchalik jarima maydonchasiga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 325-sonli qarori ijrosini o‘z vaqtida va sifatli taʼminlash yuzasidan “O‘zagroinspeksiyaning Andijon viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan yanvar-mart oylari davomida 395 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib shundan 386 ta holatda qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan 283 ta holatda yozma ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, 150 ta huquqbuzarliklarga nisbatan inspeksiya organlarining vakolat doirasida chora qo‘llanildi, 72 ta holat bo‘yicha ogohlantirishlar berildi. Yuqoridagi tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, yo‘llarda inson xavfsizligini taʼminlashdan iborat.

 A.Komilov, “O‘zagroinspeksiyaning Andijon viloyat boshqarmasi bosh inspektori  Shu maqsadda “O‘zagroinspeksiyaning Andijon viloyat boshqarmasi va Andijon viloyat IIB YHXB hamkorligida reyd tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. O‘tkazilgan tadbirlar davomida texnikadan foydalanish qoidalari buzilishi yuzasidan 14 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Xususan, Andijon shahrining Mustaqillik ko‘chasida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida fuqaro R.H. boshqaruvida bo‘lgan “MTZ-82” rusumli traktori hamda Oltinko‘l tumanining Qorayontoq MFY hududida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida fuqaro A.D. boshqaruvida bo‘lgan “MTZ-80X” rusumli traktorlari to‘tatib tekshirilganida texnikani texnik nosoz holda boshqarayotganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan MJtKning 112- moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari vaqtinchalik jarima maydonchasiga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 325-sonli qarori ijrosini o‘z vaqtida va sifatli taʼminlash yuzasidan “O‘zagroinspeksiyaning Andijon viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan yanvar-mart oylari davomida 395 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib shundan 386 ta holatda qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan 283 ta holatda yozma ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, 150 ta huquqbuzarliklarga nisbatan inspeksiya organlarining vakolat doirasida chora qo‘llanildi, 72 ta holat bo‘yicha ogohlantirishlar berildi. Yuqoridagi tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, yo‘llarda inson xavfsizligini taʼminlashdan iborat.

 A.Komilov, “O‘zagroinspeksiyaning Andijon viloyat boshqarmasi bosh inspektori  

Text to speech