Ру Ўз O`z En

QIZILTEPADA AGROTEXNIK TADBIRLARNI BAJARISH UCHUN TEXNIKLARDAN FOYDALANISHDA BEPARVOLIK QIMMATGA TUSHDI

6 Avgust 2021 2976

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 325-sonli qarorida qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish hamda agrotexnika tadbirlarining o‘tkazilishini nazoratini olib borish nazarda tutilgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspeksiyasi Navoiy viloyati Qiziltepa tuman bo‘limi tomonidan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish yuzasidan muntazam nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning iyul oyida jami 93 ta nazorat tadbirlari olib borilgan.

Jumladan, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalarini nazorat qilish yo‘nalishida 16 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Shundan 14 ta monitoring tarzida va 2 ta tekshirishda jarayonida 6 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlangan. 

Nazorat tadbirlari davrida tumanning "Vang‘ozi" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi q.o.ga tegishli TTZ-80.11 rusumli hamda “Xo‘ja-qo‘rg‘on” mahallasida istiqomat qiluvchi v.Z.ga tegishli bo‘lgan YUMZ-6 rusumli traktorlar davlat ro‘yxatidan va majburiy yillik ko‘rikdan o‘tkazilmasdan foydalanilayotganligi aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalari bilan huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

 Texnika egalariga nisbatan 12 ta ogohlantiruv berilib, mansabdor shaxslar va traktorchi-mashinistlarga nisbatan 4 ta maʼmuriy jarima qo‘llanilgan. Shundan maʼmuriy ishlarning 2 tasi vakolat doirasida ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, 2 tasi ko‘rib chiqish va qonuniy chora ko‘rish uchun sudga yuborilgan.

  

O‘zagroinspeksiya” Navoiy viloyat boshqarmasi

 matbuot xizmati

Text to speech