Ру Ўз O`z En

JIZZAX: 246 NAFAR URUG‘CHILIK SUBYEKTLARI TOMONIDAN URUG‘LIK DON YETISHTIRILGAN

17 Iyun 2023 1894

Hukumatning “2023 yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, joriy yil hosilidan Jizzax viloyatida jami 20 ming 300 tonna sara urug‘lik don tayyorlash hajmlari belgilangan.

Mazkur qaror ijrosi hamda sara urug‘lik don jamg‘arilishini taʼminlash maqsadida, viloyat “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasasiga qarashli Do‘stlik tumani “DO‘STLIK BEST-SEEDS” MCHJ urug‘chilik sexida viloyat hokimining o‘rinbosari rahbarligida ko‘rgazmali seminar-kengashi tashkil etildi.

Seminar kengashda, Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, "O‘zagroinspeksiya" Jizzax viloyat boshqarmasi, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifatini baholash markazi”, “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat muassasalari, ularning tuman bo‘limlari rahbar va xodimlari, don qabul qilish korxonalari, g‘allachilik klasterlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.

Joriy yilda 241 nafar fermer xo‘jaliklari, 3 ta elita urug‘chilik xo‘jaliklari va 2 ta g‘allachilik klasterlari, jami 246 nafar urug‘chilik subyektlari tomonidan bug‘doyning “Antonino”, Aleksevich”, “Vassa”, “Bezostaya-100”, “Asr”, “Do‘stlik”, “Vexa”, “Grom”, “O‘zbekiston-25”, “Zvezda” va “Zamin-1” kabi yuqori avlodli sara urug‘lik don navlari yetishtirilgan.

Yetishtirilgan sara urug‘lik donning 10 ming 700 tonnasi “DO‘STLIK BEST-SEEDS” MCHJ urug‘chilik sexida, 5 ming 277 tonnasi “Jizzax don mahsulotlari” AJ korxonasida, 800 tonnasi “Zarbdor elevatori” AJ korxonasida, 2 ming 930 tonnasi “Dafna iffori” MCHJ g‘allachilik klasterida, 292 tonnasi Semrug‘ klaster” MCHJ va 310 tonnasi “Barkamol avlod” MCHJ urug‘chilik sexlariga qabul qilinishi belgilangan.

Seminarda, urug‘lik maydonlarni o‘rish uchun alohida o‘rish kombaynlar va tashish texnikalari ajratish;

o‘rim-yig‘im hamda urug‘chilik sexlariga qabul qilishda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12-oktabrdagi 641-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi nizomlar talablari asosida amalga oshirilishi hamda urug‘lik donlarni dislokatsiyaga qatʼiy amal qilingan holda alohida to‘siq bilan himoyalangan, maydonchalarga nav va avlodlar bo‘yicha qabul qilinishi yuzasidan har bir soha, tashkilot rahbar va xodimlariga alohida vazifalar belgilanib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

"O‘zagroinspeksiya"ning Jizzax viloyati boshqarmasi

Text to speech