Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 avgustdagi 01-03 / 1-1942 yildagi yig'ilish bayonnomasiga ko'ra, Inspeksiya tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda barcha avtobus, transport traktorlari va paxta terish mashinalarini texnik ko'rikdan o'tkazish, transport traktorlari va tirkamalarni terim otryadiga biriktirilishini ta'minlash yuklatilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Inspeksiyaning hududiy boshqarmalariga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Joriy yil paxta yig‘im-terimini uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida 22423 ta terim otryadlari tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu otryadlarga 16111 dona transport traktorlari va 26793 dona tirkamalarni biriktirish, mavsumga
1114 dona, jumladan 443 dona Keys, 96 dona Djon-Dir va 230 dona “MX-1,8” rusumidagi paxta terish mashinalarini jalb etish ko‘zda tutilgan.
Mavsumda qatnashishi rejalashtirilgan 16111 dona transport traktori va 26793 dona tirkamalar to‘liq taʼmirdan chiqarilib, komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqildi va texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, mavsumga shay holatga keltirildi.
Bugungi kun holatiga otryadlardagi terimchilar soni va paxta qabul qilish maskanlarigacha bo‘lgan masofadan kelib chiqib, har bir otryadga bittadan, baʼzilariga 2 tadan, jami 16111 dona transport traktori va 26793 dona tirkamalar to‘liq biriktirildi.
Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda traktor va tirkama yetishmaydigan otryadlarga maxsus tirkamali avtomobillar jalb etilmoqda.
Aholi punktlaridan uzoq va terimchilar yetishmaydigan maydonlardagi hosilni yig‘ishtirib olishda qatnashadigan jami 1114 dona paxta terish mashinalaridan 805 donasi tayyorgarlik chizig‘iga qo‘yildi va texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, komissiyalar tomonidan qabul qilindi.
Texnik ko‘rikdan o‘tmagan paxta terish mashinalarini “O‘zagroservis” AJ, “O‘zKeysservis” QK va boshqa tegishli tashkilotlar tomonid=n qisqa muddatlarda taʼmirdan chiqarish va mavsumga jalb etish choralari ko‘rilmoqda.
Inspeksiya tomonidan yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli masʼullarga ogohlantirishlar berildi hamda transport traktorlari, tirkamalar va paxta terish mashinalaridan paxta terim mavsumida foydalanish samaradorligi o‘rganib boriladi.