Ру Ўз O`z En

Joriy yilda Toshkent viloyatida 3700 dan ziyod qishloq xo‘jaligi texnikalari ro‘yxatga olingan

16 Noyabr 2021 1744

Toshkent viloyatida Hukumatning 2019 - yil 17 - apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 325-sonli qarori doirasida texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish bo‘limi tomonidan joriy yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Inspeksiyaning viloyat tumanlari bo‘limlari tomonidan mavjud traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikasi, o‘ziyurar mashinalar hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari sonining shu kungacha 26 ming 766 tasini elektron bazasi shakllantirilgan.

Jumladan, 2021 - yil davomida viloyat bo‘yicha jami 3702 ta har xil turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari, shundan 2911 ta traktorlar, o‘ziyurar texnikalar, tirkamalar va 791 ta qishloq xo‘jaligi agregatlari ro‘yxatga olingan.

Ushbu texnikalarga jami 2842 ta davlat raqami belgilari berilgan bo‘lib, 10569 ta plastik shakldagi texnik pasport, 2916 ta plastik shakldagi texnik guvohnomalar berilgan. Shuningdek, 2961 ta nafar fuqarolarga plastik shakldagi traktorchi-mashinist guvohnomalari rasmiylashtirilgan.

Viloyat bo‘yicha 1101 ta texnikalar ro‘yxatdan chiqarildi, 95 ta texnikalar hisobdan chiqarildi, 221 ta yo‘qotilgan texnik hujjatlar o‘rniga dublikat shaklida hujjatlar berilishi taʼminlandi.

Shu bilan birga, jami 14 ming 842 ta texnikalar, shundan 11594 ta traktorlar, o‘ziyurar texnikalar, tirkamalar va 6642 ta qishloq xo‘jaligi mashinalari majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan hamda texnika egalariga texnikalar to‘g‘risida 810 ta TM1 (Traktorchi mashinistlarga texnikasi to‘g‘risidagi) maʼlumotnomalari berilib, 1032 ta har xil turdagi texnikalar taqiqqa olingan.

Buning natijasida, yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilgan davlat xizmatlaridan jami 4 mlrd. 536 mln. so‘m tushum taʼminlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 - yil 17 - apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 325-sonli qarori ijrosini taʼminlash bo‘yicha Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan yuridik shaxslarga texnikalarni navbatdagi majburiy yillik texnik ko‘rikka taqdim etishlari hamda eski namunadagi texnik pasport va texnik guvohnomalarni yangi namunadagi plastik shakldagi texnik hujjatlarga almashtirish uchun 1450 ta korxona va tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar ogohlantirishlar berilgan.

Boshqarma tomonidan Majburiy ijro byurosi, soliq va notarial idoralar, sud va sud boshqaruvchilari hamda boshqa vakolatli idoralarning jami 649 ta so‘rovnomalariga o‘z muddatida javob berilishi taʼminlangan.

Hozirda Inspeksiya organlariga yuklatilgan asosiy vazifalar ijrosini taʼminlash borasida ishlar davom ettirilib, o‘z vaqtida sifatli va to‘laqonli bajarilishi nazoratga olingan.

 

S. Sadiqov, "O‘zagroinspeksiya" ning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i                                                                                  

H.Nurboboyev, O‘zagroinspeksiya" ning Toshkent viloyati boshqarmasi katta inspektori  

Text to speech