Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i A.Vaxabov rahbarligida 2022 yil 5 yanvar kuni ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli taʼminlash maqsadida, inspeksiyaning tumanlar bo‘limlarida 2021 yil yakunlari hamda 2022 yildagi vazifalarga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri bugun, inspeksiyaning Samarqand tuman bo‘limida bo‘lib o‘tdi. Unda "O‘zagroinspeksiya"ning Samarqand viloyat boshqarmasi D.Achilov, boshqarma tarkibiy tarmoqlar rahbarlari ishtirok etdilar. Yig‘ilishda inspeksiyaning Samarqand tuman bo‘limi boshlig‘i Q.Aliyev so‘z olib, 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berib ketdi.
Tahliliy, tanqidiy ruhda o‘tgan tadbirda sohaviy inspektorlar tomonidan o‘tgan yilda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari va boshqarmaning 2022 yil ish rejasi bo‘yicha vazifalari muhokama etildi
Unda asosiy eʼtibor, o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarining sifat va samaradorligini oshirish, tizimda mustahkam qonunchilik tizimini yaratish masalalariga qaratilmoqda.
Shuningdek, yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishlari bugun Inspeksiyaning Toyloq tuman bo‘limida ham bo‘lib o‘tdi. Unda, bo‘lim boshlig‘i Zoyir Eshonqulov 2021 yilda amalga oshirilgan nazorat tadbirlari haqida hisobot berdi. Tadbir davomida sohaviy inspektorlar tomonidan joriy yilda amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari yuzasidan ish reja qabul qilindi. Hisobot yig‘ilishlari inspeksiyaning Bulung‘ur, Jomboy, Toyloq va Urgut tuman bo‘limlarida ham o‘tkazilishi belgilandi.
"O‘zagroinspeksiya"ning Samarqand viloyat boshqarmasi Axborot xizmati