Davlat rahbarining 2022 yil 28 yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yana-da rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan hududlardagi maydonlarning prognoz ko‘rsatkichlarida sabzavot, poliz, dukkakli, moyli va boshqa ekinlar maydonlari 13 ming 395 gektar etib belgilandi.
Mazkur topshiriq doirasida 2022 yildan boshlab, Respublika hududlarida 3278 gektar sabzavot, 1003 gektar poliz, 1330 gektar moyli, 2376 gektar dukkakli, 2442 gektar ozuqa ekinlari va 2065 gektar maydonlarda kartoshka urug‘chiligi tashkil etiladi.
Joriy yilning 20 may holatiga 71 ta tumanlarning 167 ta hududlarida 288 ta xo‘jalik subyektlari sabzavotchilik yo‘nalishida, 50 ta tumanlarning 84 ta hududlarida 177 ta xo‘jalik subyektlari polizchilik yo‘nalishida va 55 ta tumanlarning 146 ta hududlarida 339 ta xo‘jalik subyektlari moyli ekinlar urug‘chiligi yo‘nalishida faoliyat boshladi. .
Bugungi kunda, mazkur Qarorga muvofiq urug‘liklarni yetishtirishga ixtisoslashgan hududlardagi qishloq xo‘jaligi subyektlarining yagona elektron tizimini yaratish, bunda, subyekt nomi, ekin turi, navi va avlodi hamda urug‘liklarni parvarishlash bo‘yicha Inspeksiyaning Ko‘chatlar, meva-sabzavot va poliz qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
Jumladan hududlarda yangidan tashkil etilayotgan urug‘chilik xo‘jalik subyektlariga sohaning vertikal tizimidagi inspektorlari tomonidan sohaning asosiy eʼtibor beriladigan tomonlari, urug‘chilikning o‘ziga xos agrotexnologiyasi va urug‘lik uchun ekilgan maydonlarni doimiy nazorat qilinib borilishi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
M.Qurbonboyev, Agroinspeksiyaning Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i,
X.Maxmudov Agroinspeksiya bo‘lim boshlig‘i