Ру Ўз O`z En

Yog‘-moy korxonalarning paxta texnik chigitini qayta ishlash faoliyati nazoratda

14 Aprel 2025 170

«O‘zagroinspeksiya» tomonidan yog‘-moy korxonalarida paxta texnik chigitini to‘liq texnologik siklda maqsadli qayta ishlanishi hamda mahsulotlarning sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosaga ega ekanligi, qayta ishlab olingan mahsulotlarning texnik reglamentlar va standartlar bilan belgilangan majburiy talablarga muvofiqligi yog‘-moy korxonalari tomonidan taʼminlanganligi ustidan doimiy nazorat yo‘lga qo‘yilgan.

2025 yil I choragida o‘tkazilgan o‘rganish davrida  15 ta yog‘-moy korxonalaridan 6 tasi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq faoliyat yuritayotganligi, 9 ta korxonalar faoliyati esa muvofiq emasligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan korxonalarga nisbatan jami 15 ta (9 ta yozma ko‘rsatma, 6 ta ogohlantirish) taʼsir choralari qo‘llanildi.

Shuningdek, paxta texnik chigitini qayta ishlash uchun to‘liq texnologik sikl (mag‘izni yanchish, gidrotermik ishlov berish, presslash, ekstraksiyalash, rafinatsiyalash, dezodoratsiyalash va qadoqlash sexlari)ga va qayta ishlab olingan mahsulotlarning sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosaga ega hamda mahsulotlarning texnik reglamentlar va standartlar bilan belgilangan majburiy talablarga muvofiq deb topilgan korxonalar yuzasidan maʼlumotlar Respublika tovar xom-ashyo birjasiga kiritilmoqda.

Meʼyoriy hujjatlar ijrosini nazorat qilish, sertifikatlash va metrologiya bo‘limi

Text to speech