Ру Ўз O`z En

2024-yilda texnikalar nazorati sohasida qanday ishlar amalga oshirildi?

14 Mart 2025 33

«O‘zagroinspeksiya»ning Texnika holatini nazorat qilish sohasida qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini texnik holatini nazorat qilish, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish va raqamlashtirish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda agrotexnik tadbirlar o‘tkazishda foydalaniladigan 160 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi texnikalarini texnik holati ustidan nazorat o‘rnatildi va buning natijasida ushbu texnikalar yordamida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishi taʼminlandi.

Shuningdek o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 4 775 ta nosoz texnikadan foydalanish va uni yo‘lga chiqarish, 917 ta texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan foydalanish, 467 ta texnikani boshqaruv huquqisiz boshqarish holatlari aniqlanib, ularga nisbatan 20 422 ta yozma ko‘rsatma, 274 ta taqdimnoma va 6 158 ta maʼmuriy jazo choralari qo‘llanildi.

 Davlat xizmatini ko‘rsatish yo‘nalishida 36 849 dona qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi taʼminlandi va ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida 76 791 dona texnik pasport, 39 267 dona davlat raqam belgisi hamda 15 561 dona texnik guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Shu bilan birga 183 054 dona qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari majburiy yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi taʼminlandi.

Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun  9 246 ta talabgorlardan imtihonlar olindi va  imtihondan o‘tgan 9 012 ta talabgorga traktorchi-mashinist guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.

Ko‘rsatiladigan 6 turdagi davlat xizmatlaridan «my.gov.uz» portal orqali foydalanish imkoniyati yaratildi va ushbu portal orqali Inspeksiya kelib tushgan 200 ga yaqin jismoniy va yuridik murojaatlari ijrosi taʼminlandi.

O‘zaro maʼlumotlarni almashishni qog‘oz shaklidan voz kechilib elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan qilingan integratsiyalar soni 16 taga yetib, buning natijasida 30 mlndan ortiq elektron axborot almashinuvi amalga oshirildi.

Text to speech