Ру Ўз O`z En

Suvning har tomchisi qadrli

26 May 2020 7244

Mamlakatimiz sun’iy suv ob’ektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish inspeksiyaning suv xo‘jaligi sohasidagi asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda, Respublikada 3,2 million gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlaridan foydalanilib, aholining ehtiyoji uchun oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur xom ashyo yetishtirilmoqda.

Albatta, bu qishloq xo‘jaligi sohasinining rivojlanishi, oziq-ovqat mahsulotlarining mo‘l-ko‘lligi o‘z-o‘zidan suvga bog‘liq ekanligini anglatadi. Mamlakatimiz esa suv zahiralari katta bo‘lgan hududlar sirasiga kirmaydi. Bizda suvning har bir tomchisi qadrli.

Shu bois mavjud suv zahiralaridan oqilona foydalanish, uning barcha hududlarga birdek yetib borishini ta’minlashga e’tibor qaratish o‘ta muhim. Ammo bu ishga beparvolik bilan yondashayotgan, suvni xo‘jasizlarcha sarflab, o‘zidan keyingi dalalarga suv yetib bormasligiga sabab bo‘layotgan fuqarolar yoki shunga imkon yaratib berayotgan mas’ullar ham yo‘q emas. Shahrisabzlik E. K.ning qilmishini bunga misol qilib keltirish mumkin.

K. 2018 yilning iyun oyidan beri Qashqadaryo viloyati Amu-Qashqadaryo tizimlari xavza boshqarmasi Shahrisabz tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelmoqda. Uning asosiy vazifalridan biri tuman irrigatsiya bo‘limi balansidagi suv o‘tkazuvchi inshootlaridan olingan suv miqdorini aniqlash va uning hisob-kitobini yuritishni to‘g‘ri tashkil etishdan iborat edi. Ammo xodim bu ishga beparvolik bilan qaragan va hisob-kitobni belgilangan tartibda yuritmagan. Natijada suvning o‘zboshimchalik bilan sarflanishiga va adolatsiz taqsimlanishiga yo‘l qo‘yib bergan.

Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan joriy yilning 4 oyi davomida suvdan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, suv olish limitlari va rejalarining buzilishi holati bo‘yicha joriy yilning shu kunga qadar o‘tkazilgan taxliliy o‘rganish tadbirlari davomida jami 79 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan. Shundan 34 ta holatda suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi quyi tashkilotlarga va tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlariga ogohlantiruv va taqdimnomalar kiritildi va yana 14 ta holatda tuman SIU lar ogohlantirilib, 8 ta holatda fermer ho‘jaligi rahbarlariga nisbatan xabardor qilish orqali tekshiruvlar o‘tkazildi. Aniqlangan qonun buzilishi holatlari bo‘yicha ishlar sud organlariga yuborildi, 14 ta holatda fuqorolarga nisbatan, 17 ta holatda suv xo‘jaligi tizimidagi mas’ullarga nisbatan mamuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ularga nisbatan 9 mln. 824 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilib 5 mln.163 ming so‘m undirildi.

 Bu borada turli qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan 31 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi. 11 ta qonunbuzilish holati bo‘yicha qonuniy qaror chiqarish uchun tegishli vakolatli organga yuborilgan.                                                                                                                                                             

 

“O‘zagroinspeksiya” Qashqadaryo viloyat boshqarmasi

Text to speech