Ру Ўз O`z En

Kelgusi yil hosili uchun  bugundan tayyorgarlik

29 Noyabr 2021 1613

So‘nggi yillarda paxta xomashyosi yetishtirishning klaster tizimiga o‘tilganligi, qisqa vaqt ichida paxtachilikda keskin o‘zgarishlar qilishga zamin yaratdi.

Xususan, Sirdaryo viloyatida 2021 yil hosilidan 5 ta paxta-to‘qimachilik klasterlariga qarashli urug‘lik paxta qabul qilish korxonalari va 4 ta elita urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan jami 4 ming 957 tonna urug‘lik paxta xomashyosi jamg‘arildi. Ushbu urug‘liklarning 4 ming 485 tonnasi asosiy, 472 tonnasi zaxira fondiga qabul qilindi.

Urug‘lik paxtani qabul qilish jarayonlarida davlat standarti talablaridagi namlik va ifloslik meʼyorlariga amal qilinishi Inspeksiya tomonidan nazorat qilib borildi.

Bugungi kunda jamg‘arilgan urug‘liklarni g‘o‘za navlari bo‘yicha tahlil qilinganda Sirdaryo viloyati uchun davlat reyestriga kiritilgan “S-6524” navi 1 ming 12 tonna, “Sulton” navi 3 ming 268 tonna, An-Boyovut-2 navi 199 tonna, “Buxoro-102” navi 478,5 tonnani tashkil qiladi.

Qabul qilingan urug‘lik paxta xom ashyosining 4 ming 732 tonnasi yoki 95 foizi paxta-to‘qimachilik klaster korxonalarida va 225,5 tonnasi yoki 5 foizi esa elita urug‘chilik xo‘jaliklarida saqlanmoqda.

Bugungi kunda jamg‘arilgan urug‘lik paxta g‘aramlarining sifatli saqlanishini nazorat qilish jarayonlarida Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazining viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan urug‘lik to‘dalarining sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilib borish maqsadida paxta to‘qimachilik klasterlari bilan keng hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, Guliston tumanidagi “Guliston sayqal hamkor” MCHJ klasterida g‘o‘zaning ertapishar Sulton navidan 1030 tonna avlodli urug‘lik paxta xomashyosi jamg‘arilgan bo‘lib, bugungi kunda barcha g‘aramlarda profilaktik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi Inspeksiya tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

O‘ylaymizki, ushbu tadbirlar o‘z vaqtida sifatli qilib bajarilsa, fermer xo‘jaliklari yuqori sifatli urug‘lik chigit bilan taʼminlanadi va pirovard natijada viloyat dehqonlari tomonidan kelgusi yilda ham mo‘l hosil yetishtirilishiga mustahkam zamin yaratiladi.

Neʼmat Ismoilov, “O‘zagroinspeksiya” Urug‘lik paxta xom-ashyosi chigiti yetishtirishni nazоrat qilish bo‘limi boshlig'i

Text to speech