Xorazm viloyatining Shovot tumanida 2024-yilda 8 ming 600 gektar maydonda g‘o‘za parvarishi o‘tkazilib, ushbu maydonlarda yetishtirilgan paxta hosilini yig‘ishtirib olish uchun zarur bo‘lgan transport traktori va traktor tirkamalarini xatlovdan o‘tkazish ishlari yakuniga yetkazildi.
Tumanda bu yilgi paxta mavsumida qatnashadigan jami 124 dona transport traktorlari va 260 ta traktor tirkamalari mavjud bo‘lib, ushbu texnikalarni mavsumga tayyorgarligi belgilangan talablar asosida o‘rganilmoqda.
Inspeksiyaga berilgan vakolatlar doirasida tumanda mavjud qishloq xo‘jalik texnikalari ko‘zdan kechirilganda, mavjud transport traktorlarning 96 tasi (yoki 77 foizi), traktor tirkamalarining 180 tasi (yoki 70 foizi) mavsumda qatnashish uchun shay holatga keltirilganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, “Textile Finance Khorezm” MCHJ paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan Shovot tumanidagi 1680 gektar, Yangibozor tumanidagi 680 gektar maydonlardagi paxta hosilini nes-nobud qilmasdan qisqa fursatlarda yig‘ib terib olish maqsadida 5 ta yangi zamonaviy rusumdagi paxta terish mashinalari keltirilgan bo‘lib, ushbu texnikalar bu yilgi mavsum uchun ko‘zdan kechirilib, barcha turdagi servis xizmatlari bajarildi. Shuningdek, zamonaviy paxta terish mashinalari uchun mavsum davomida zarur bo‘ladigan birlamchi ehtiyot qismlar va moylash materiallari zaxiralarini yaratish maqsadida Inspeksiyaning tuman bo‘limi xodimlari tomonidan klaster korxonasiga tegishli ko‘rsatmalar berib borilmoqda.
"O‘zagroinspeksiya" tomonidan qishloq xo‘jalik texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun ajratilgan komplekt ko‘chma diagnostik asbob-anjomlar yordamida viloyat texnika nazorati mutaxassislari tomonidan joylarga chiqqan xolda taʼmirdan chiqarilgan texnikalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlarida amaliy yordam ko‘rsatilib, paxta terish mavsumida qatnashadigan texnikalar soz holatga keltirilmoqda.
Amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan O‘zagroinspeksiyaga berilgan vakolatlardan kelib chiqib, qishloq xo‘jalik texnikalarini paxta yig‘im terim mavsumiga tayyorlash bo‘yicha kunlik nazorat tadbirlari davom ettirilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli taʼsir choralari ko‘rib borilmoqda.
"O‘zagroinspeksiya"ning Shovot tuman bo‘limi