Ру Ўз O`z En

XORAZM: Don korxonalari g‘alla qabul qilish mavsumiga tayyor

27 May 2024 1240

Viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib beruvchi xo‘jaliklar va don klasterlari tomonidan 2024-yil g‘alla qabul qilish mavsumida 85 000 tonna bug‘doy doni qabul qilish rejalashtirilgan bo‘lib, 77 000 tonna tovar don, shundan jamg‘arma hisobiga 26 900 tonna, vaqtincha saqlash uchun 50 100 tonna hamda 8000 tonna urug‘lik bug‘doy donini tashkil qiladi.

Yetishtirilgan hosil viloyatdagi don qabul qiluvchi 4 ta don korxonalari, jumladan “Xorazmdonmahsulotlari”, “Xonqadonmahsulotlari”, “Shovot don” va “Bog‘ot don” AJlar hamda ularga qarashli  4 taChinobod”, “Jayxun”, “Qoraqum”, “Amirqum” don qabul qilish shahobchalarida qabul qilinishi belgilangan.

Bugungi kunda "O‘zagroinspeksiya"ning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablari bo‘yicha 8 ta laboratoriyalarni jihozlari va 12 ta avtomobil tarozilarini davlat qiyoslovidan o‘tkazilganligi, shuningdek don saqlashga mo‘ljallangan 77,2 ming tonnalik omborlarni, 48 ming tonnalik elevator siloslarini va 36,8 ming tonnalik sig‘imga ega ayvonlarni kapital taʼmirlanganligini hamda omborlarda donlarni shamollatish uchun maxsus shamollatish tizimlari o‘rnatilganligi, korxonalarda don saqlash sig‘imlarida kompleks dezinseksiyalash ishlari amalga oshirilgani, 21 ta donni yuklab tushirish uskunalari, 7 ta don tozalash mashinalarini kapital taʼmirlanganligi, donni quritib olish uchun mo‘ljallangan 38,8 ming kv/M asfaltlangan maydonlar bilan taʼminlanganligi va bajarilgan ishlarning sifat darajasi nazorat qilib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sohaviy xodimlar tomonidan 251 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, buning natijasida 251 ta holatda qonunbuzarliklar aniqlandi va bunga nisbatan 251 ta taʼsir choralari qo‘llanildi. Yaʼni, aniqlangan qonunbuzarlikni kelgusida takrorlanishini oldini olish maqsadida bajarilishi majburiy tusga ega bo‘lgan 247 ta yozma ko‘rsatmalar kiritildi. Joriy yil g‘alla mavsumida yetishtirilgan donlarni uzluksiz qabul qilish, nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish maqsadida don qabul qiluvchi korxonalarga moddiy-texnika bazani mavsumgacha sifatli tayyorlash bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilib, normativ-huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishi to‘liq nazoratga olingan.

H.Jumaniyazov - "O‘zagroinspeksiya" Xorazm viloyat boshqarmasi

Text to speech