Ру Ўз O`z En

XORAZM: Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar muhofazada

13 Dekabr 2023 2138

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan qatʼiy belgilangan maqsadlarda foydalanish ustidan nazorat bugungi kunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agroinspeksiya tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5742-sonli Farmonini ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda yer inspektorlari tomonidan vakolat doirasida bir qator vazifalar bajarildi.

Mazkur farmonda, sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofazaga olinib, ushbu yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek, unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan.

Inspeksiyaning Xorazm viloyati boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish sho‘basi tomonidan joriy yilning noyabr-dekabr oylarida viloyat tumanlarida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan ekin yer maydonlaridan foydalanish ahvoli monitoring tarzida o‘rganildi va o‘rganish jarayonida qator qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha 56 ta holatda 6.0 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lganligi natijasida 3,4 mlrd so‘m zarar hisoblanib tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Bugungi kunda, Inspeksiya tomonidan mazkur hisoblangan zarar summalarini ixtiyoriy muddatlarda to‘lash bo‘yicha 19 ta holat yuzasidan (1,094 gektar, 856 mln 405 283 so‘m) ogohlantirish xatlari, ixtiyoriy muddatlar-da to‘lanmagan 8 ta holat yuzasidan esa (0,6291 gektar), 503 mln 768 352 so‘m zarar summalarini undirish uchun Urganch tumanlararo iqtisodiy sudi hamda Bog‘ot tumanlararo fuqarolik sudlariga daʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi.

"O‘zagroinspeksiya"ning viloyat boshqarmasi tomonidan ushbu sohadagi nazorat tadbirlari davom ettirilib, aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rib borilmoqda.

N.Karimov- “O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i

Text to speech