Ру Ўз O`z En

Xorazm: 2 yarim ming gektar maydonda g‘o‘za agrotexnikasida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan

31 May 2024 1259

Joriy yilda Xorazm viloyatida 2024-yil paxta hosili uchun 12 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari va 1 578 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 82 ming 757 gektar maydonda chigit ekish ishlari amalga oshirilgan.

Ushbu maydonlarda agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi yuzasidan Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

 Xususan, bugungi kunda chigit ekilgan maydonlarning rivojlanish fazalari tahlil qilinganda, 5-6 chinbarg 60 ming 984 gektar yoki 74 foizni, shonalash 21 ming 773 gektar yoki 26 foiz maydonni tashkil qilmoqda.

Tumanlarda chigit ekilgan maydonlarning qator oralariga ishlov berish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida 1 ming 742 dona kultivatorlar jalb qilinib, bugungacha 259 ming 155 gektarda yoki 3,1 marta kultivatsiya ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, viloyatda yaganalash ishlari 82 ming 757 gektar yoki 100 foiz maydonda, chopiq qilish 170 ming 732 gektar yoki 206 foiz maydonda, g‘o‘zani bargidan oziqlantirish 181 ming 451 gektar yoki 219 foiz maydonda, chuqur yumshatish ishlari 157 ming 297 gektar yoki 190 foiz maydonda o‘tkazilgan.

-O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida chigit ekilgan maydonlarning holati, yaganalash, kultivatsiyaning sifatli o‘tkazilishiga, chopiq qilish ishlari o‘z muddatida sifatli amalga oshirilishiga, hamda begona o‘tlardan tozalash ishlariga alohida eʼtibor qaratildi- deydi O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Xodjayev. - Xususan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida jami 503 ta subyektlar tomonidan 2 597 gektar maydonlarda xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganlik holatlari aniqlandi.

Shuningdek, ushbu salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida, Inspeksiya tomonidan soha masʼullariga 9 ta taqdimnoma va fermer xo‘jaliklariga 1030 ta ogohlantirishlar berildi.

O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan, mavsum davomida hududlarda chigit ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi doimiy nazoratga olingan.

Text to speech