Ру Ўз O`z En

KONIMEXDA SUVDAN OQILONA FOYDALANMAGANLARGA NISBATAN CHORA KO‘RILDI

24 Sentyabr 2021 1575

Sir emaski, qishloq xo‘jaligida sug‘orish uchun mo‘ljallangan suvning yetishmasligi doimiy uchrab turadigan muammolardan biri. Bu esa suv isteʼmolchilaridan suvdan oqilona va samarali foydalanishda qonunchilik talablariga rioya etishlari lozimligini bildiradi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspeksiyasi Navoiy viloyati Konimex tuman bo‘limi tomonidan avgust oyi va sentyabrning o‘n besh kunligida olib borilgan nazorat tadbirlarida tumanda suvdan foydalanishda qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Jumladan, tumanning “Sho‘rko‘l” hududidagi “Ikrom Zohid” fermer xo‘jaligi tomonidan xo‘jalikning ekin yer maydonini sug‘orish uchun suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan, kunlik olingan suvning hisob-kitobini yuritishga imkon beradigan gidropostlar o‘rnatilmagan. Mazkur holat yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishliligi bo‘yicha to‘plangan hujjatlar tuman sudiga yuborildi.

Shuningdek, tuman suv isteʼmolchilari uyushmasining “Sho‘rtepa” arig‘ida mirob lavozimida ishlovchi A.A suv isteʼmoli rejalarini tuzmasdan tumandagi suv isteʼmolchilariga suv berganligi hamda suvni rostlaydigan (darvoza)ni o‘zboshimchalik bilan ochib yopishi natijasida sug‘orish grafiklari buzilishiga sababchi bo‘lganligi aniqlandi.

Shu kabi, tuman irrigatsiya bo‘limi muhandis-gidrotexnik N.N esa o‘ziga yuklatilgan vazifalarga yuzaki yondashib, o‘ziga biriktirilgan tuman irrigatsiya bo‘limi hisobidagi “Chordara-2” suv olish joyidan suv berishda har o‘n kunda o‘lov ishlarini o‘tkazishi lozim bo‘lsa-da, amalda buni bajarmagan. Yuqoridagi aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishliligi bo‘yicha to‘plangan xujjatlar tuman sudiga yuborildi.

Bundan tashqari, “Sho‘rko‘l” hududida joylashgan “Qorako‘l-Uchtepa-sur” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari S. S tomonidan 0,50 gektar paxta maydoni sug‘orishda suv ko‘llatib yuborilgan. Shuningdek, “Hamid bobo” fermer xo‘jaligi raisi G. Н. tomonidan 5 litr sekund suvni zovurga tashlab qo‘yishi oqibatida suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yilgan. Mazkur holatlar yuzasidan ham maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqishlik uchun to‘plangan hujjatlar tuman sudiga yuborilishi taʼminlandi.

- O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan tartibbuzilishi holatlarini bartaraf etish choralari ko‘rildi, - тартиббузилиши - Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Inspeksiyaning tuman bo‘limi tomonidan vakolat doirasida huquqbuzarlarga nisbatan 3 deydi “O‘zagroinspeksiyaning Konimex tuman bo‘limi katta inspektori Ulug‘bek Toshtemirov. maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun sud va prokuratura organlariga yuborildi. O‘z navbatida, tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan 2 ta yozma ko‘rsatma va 1 chiqishlik taqdimnoma kiritildi. Bundan tashqari, huquqbuzarlik sodir etilishini erta oldini olish maqsadida 13 nafar suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilariga rasman ogohlantirishlar berildi.ta yozma ko‘rsatma va 1 ta taqdimnoma kiritildi. Bundan tashqari, huquqbuzarlik sodir etilishini erta oldini olish maqsadida 13 nafar suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilariga rasman ogohlantirishlar berildi.

Bugungi kunda Inspeksiyaning tuman bo‘limi tomonidan hududlarda suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga qatʼiy rioya etilishi bo‘yicha nazorat tadbirlari davom etmoqda.

 

Ulug‘bek Toshtemirov, “ТоштемировО'Загроинспекция Konimex tuman bo‘limi katta inspektorining Konimex tuman bo‘limi katta inspektori

Text to speech