Bugun, 24 noyabr kuni Davlat boshqaruvi akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (“komplayens-nazorat”) tizimini joriy etish” mavzusidagi seminar tashkil etildi.
Ko‘rgazmali taqdimot shaklida tashkil etilgan seminarda "O‘zagroinspeksiya"ning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh inspektori A. Ochilov ishtirok etdi. Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro va milliy qonunchilik, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi faoliyati: vazifalari, majburiyatlari va huquqlari hamda korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy hujjatlarni amaliyotga tadbiq etishning ayrim masalalari xususida maʼruzalar tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning savol va takliflariga masʼul xodimlar tomonidan yetarlicha tushuntirishlar berildi. Bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda davom ettirib borishga kelishib olindi.