Ру Ўз O`z En

"Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz" shiori ostida tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

19 Aprel 2022 1942

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan korrupsiyadan holi tizim yaratish borasida tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda, inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan barcha darajadagi xodimlarning korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lishini taʼminlash, o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik va sodir etmasligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada inspeksiya organi xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish anʼana tusini olgan.

Bugun Kattaqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda inspeksiyaning Paxtachi, Narpay, Nurobod, Pastdarg‘om va Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limlari xodimlari qatnashdilar.Unda inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i D.Achilov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-6013-sonli  Farmoni hamda mazkur  Farmon ijrosini taʼminlash bo‘yicha “O‘zagroinspeksiyaning korrupsiyaga qarshi-kurashish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning “Yul xaritasi”da belgilangan ustuvor vazifalar haqida fikr bildirdi.

Taʼkidlandiki, Inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, inspeksiyaning korrupsiyaga oid harakatlar to‘g‘risida axborot berish uchun aloqa kanallari orqali kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va qayta ishlash reglamenti, inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati haqidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish reglamenti,Inspeksiya tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqildi.

Inspeksiya tomonidan kontragentlar bilan tuziladigan shartnomalarga kiritish uchun korrupsiyaga qarshi qoidalarning mazmuni bo‘yicha asosiy shartlar, Inspeksiya xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga kiritish uchun korrupsiyaga qarshi qoidalarning mazmuni bo‘yicha asosiy shartlar belgilandi.

Inspeksiya tizimida korrupsiyaga qarshi tamoyillar va talablarga rioya qilinishini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti ishlab chiqildi. Inspeksiya xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga xodim o‘z vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy hatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga taʼqib qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatlilar ko‘rinishida quyidagicha o‘zgartirish kiritildi. Pora taklif qilmaslik, vaʼda bermaslik, pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik, bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik, pora olmaslik, biron-bir shaxs foydasiga yoki biron-bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik, mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik, o‘z vakolatlarini suiisteʼmol qilmaslik majburiyati belgilandi,-dedi D.Achilov.

Shuningdek, yig‘ilishda xodim atrofidagi shaxslar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish yoki unda qatnashishga tayyorgarlik ko‘rish sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan xulq atvordan o‘zini tiyishi sharti. Xodimlar orasida shaxsiy yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab, xizmat majburiyatlaridan chetga chiqqan xolda boshqa xodimlarning professional ish faoliyatiga aralashish, maʼlumot so‘rash hamda qaror qabul qilishiga taʼsir ko‘rsatish holatlari yuzaga kelganda inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi  rahbariyatiga xabar qilish lozim bo‘lishi xususida batafsil maʼlumot berildi.

Xuddi shunday yig‘ilish Payariq tumanida ham bo‘lib o‘tdi. Unda Inspeksiyaning IshtixonOqdaryoQo‘shrabot va Payariq tuman bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi. "Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz" shiori ostida o‘tkazilayotgan yig‘ilishlar davom etmoqda.

O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi Axborot xizmati

Text to speech