Joriy yilning 23-24 iyun sanasida Inspeksiya huzuridagi "Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi" DUKda Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Zoom dasturi orqali tashkil etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha onlayn o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida Markaz bo‘lim boshliqlari va mutaxassislari, hududiy filiallar xodimlari ishtirok etdilar.
Onlayn mashg‘ulotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, davlat organlarida "kompleks nazorat" tizimini taʼminlash mexanizmlari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kabi mavzular bilan Yuristlar malakasini oshirish markazining tajribali mutaxassislari tinglovchilarga batafsil maʼlumotlar berib o‘tdilar.
@agroxizmat.uz