2019 - yilning 7 - oktyabrida Jahon savdo tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) kotibiyatlari bilan hamkorlikda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD), xalqaro savdo markazi (ITC) va xalqaro paxta bo‘yicha maslahat qo‘mitasi (ICAC) birinchi marta xalqaro paxta kunini nishonladi.
Paxtaning jahon iqtisodiy va ijtimoiy hayotida muhim mahsulot ekanligini inobatga olgan bir qator davlatlar Birlashgan millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasiga rasmiy murojaat bilan chiqishgan edi.
Xalqaro paxta kunini nishonlashdan maqsad jahon iqtisodiy va ijtimoiy hayotida muhim o‘ringa ega bo‘lgan mahsulot bilan bog‘liq bo‘lgan sohadagi muammolar va imkoniyatlarga jahon hamjamiyatining eʼtiborini qaratish, uning ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi ijobiy o‘rnini ko‘rsatishdan iboratdir