Ру Ўз O`z En

Kuzgi boshoqli don ekinlarini sifatli ekilishi Inspeksiya nazoratida

16 Oktyabr 2023 1802

Respublikada 2024 yil hosili uchun 1 mln 169 ming 775 gektar suvli maydonlarga kuzgi boshoqli don ekinlari ekish belgilangan.

Shuningdek, don ekish ishlariga mingdan ortiq seyalkalar va 7 ming 244 dona don ekish moslamalari jalb qilindi.

Bugungi kunda, hududlarda boshoqli don ekinlarini ekish uchun 1 mln 113 ming 104 gektar (95%) yer maydonlari tayyorlandi va ushbu maydonlarning 965 ming 599 gektar yoki 82 foiz maydonda don ekish ishlari amalga oshirildi.

Inspeksiya tomonidan, g‘alla ekish bilan bog‘liq barcha agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha monitoring tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.

Xususan, g‘alla ekishni tashkil qilishda 9 ming 527 ta fermer xo‘jaliklarining 45 ming 298 gektar maydonlarida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Jumladan, 2 ming 816 ta fermer xo‘jaligining 12 ming 403 gektar maydonlarida karta atroflarini qo‘shmasdan don ekish uchun yer tayyorlanganligi, 4 ming 717 ta fermer xo‘jaliklarining 22 ming 363 gektar maydonlarida sifatsiz yaʼni notekis, kesakli qilib don ekish uchun yer maydonlari tayyorlanganligi, 1 ming 994 ta fermer xo‘jaligining 10 ming 533 gektar maydonlarida sifatsiz, sayoz g‘alla ekish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan, fermer xo‘jaliklariga ogohlantirishlar kiritildi.

Hududlarda boshoqli don ekinlarini ekish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha Inspeksiya tomonidan doimiy nazoratga olib boriladi.

"O‘zagroinspeksiya"ning Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar 

o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘limi

Text to speech