Ру Ўз O`z En

KUZGI BOSHOQLI DON YETIShTIRISHDA NAV TANLASH VA JOYLASHTIRISHNING AHAMIYATI

8 Oktyabr 2020 5944

Kuzgi boshoqli don ekinlari hosildorligini oshirishda nav asosiy o‘rinni egallaydi. Faqatgina o‘tmishdosh ekinlar, ular yetishtirilayotgan hudud tuproq-iqlim sharoiti, mineral oziqlantirish darajasi va uni biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda nav to‘g‘ri tanlanganda kuzgi bug‘doy hosildorligini gektaridan 5–10 sentnerga oshirish mumkin.

Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020 yil 8 sentabrdagi “2021 yilda boshoqli don yetishtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 546-son qarorida respublika hududlarning tuproq iqlim sharoitini hisobga olib serhosil, sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan 31 dan ortiq kuzgi boshoqli don ekinlari navlari bo‘yicha joylashtirildi.

Navlarni eng asosiy biologik xususiyati o‘suv davrining davomiyligidir. Kuzgi bug‘doydagi bu xususiyat ular hosildorligini belgilaydi. Ya’ni har bir hududda ekish oldidan g‘alla navlarini joylashtirishda ertapishar navlar 30, o‘rtapishar navlar 60, kechpishar navlar 10 foiz maydonga joylashtirilganda, g‘allani o‘rim-yig‘im davrida nes-nobudsiz daladan olib chiqishga zamin yaratiladi.

Nav tanlash. Har bir sug‘oriladigan mintaqada tuproq-iqlim sharoitiga moslashgan, yuqori va sifatli don hosili beradigan navlarni tanlash beqiyos katta ahamiyatga egadir.

Respublikani sug‘oriladigan yerlarida boshoqli don ekinlarini mintaqalar tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, ekish muddat va me’yorlarini belgilash bilan navlardan yuqori va sifatli don hosili olishga erishiladi.

Bunda kuzgi bug‘doyni kechki  Andijon-1, Durdona, Vostorg, Yuka navlarini esa erta (25-avgustdan 30-sentabrgacha) muddatlarda ekishni amalga oshirish.

Kuzgi bug‘doyni o‘rtaki Andijon-2, Asr, Davr, Drujba, G‘azg‘on, Bunyodkor, Kroshka, Krasnodar-99, Tanya, Grom, Nota, Vassa, Brigada, Tabor, Lebed, Alekseeich, Bezostaya-100, Antonina Turkiston, navlarini o‘rta (1-oktabrdan 25- oktabrgacha) muddatlarda ekishni belgilash lozim. 

O‘ta ertapishar, ertapishar kuzgi bug‘doyni Chillaki, Mars-1, Zamin-1, Bobur, Andijon-4, Matonat, Zvezda, Yaksart, Marjon, Yonbosh, Ko‘kbuloq, Hosildor, Starshina, Kuma, Yesaul navlarini, kechgi (25-oktabrdan 5-noyabrgacha) mudatlarda, shuningdek begona o‘t bosish ehtimoli ko‘p bo‘lgan maydonlarga ekishni belgilash.

Ekishda gektariga 4,5-5,0 mln dona sog‘lom ko‘chat olish bo‘yicha urug‘lik hisob-kitobi bo‘lishi kerak.

Sug‘oriladigan maydonlarda boshoqli don ekinlarini ekish

                                         me’yorini aniqlash jadvali.

1-Jadval

1000 dona don vazni, gr

4.0 mln. dona.kg

4.5 mln. dona.kg

5.0 mln. dona.kg

5.5 mln. dona.kg

6.0 mln. dona.kg

40.0

160.0

180.0

200.0

220.0

240.0

40.5

162.0

182.0

202.5

222.8

243.0

41.0

164.0

184.5

205.0

225.5

246.0

41.5

166.0

186.0

207.5

228.3

249.0

42.0

168.0

189.0

210.0

231.0

252.0

42.5

170.0

191.3

212.5

233.8

255.0

43.0

172.0

193.5

215.0

236.5

258.0

43.5

174.0

195.8

217.5

239.3

261.0

44.0

176.0

198.0

220.0

242.0

264.0

44.5

178.0

200.3

222.5

244.8

267.0

45.0

180.0

202.5

225.0

247.5

270.0

45.5

182.0

204.8

227.5

250.3

273.0

46.0

184.0

207.0

230.0

253.0

276.0

 

Ishlab chiqarish sharoitida juda ko‘pchilik ekish me’yorini barcha navlari uchun bir hilda va kilogrammda belgilanadi. Bu esa juda katta xatolik hisoblanadi. Ana shunday xatolikka yo‘l qo‘ymaslik uchun urug‘ ekish me’yori gektariga mln. dona unuvchan urug‘ va 1000 dona urug‘ og‘irligi va kilogrammda belgilanishi maqsadga muvofiq.

 Har bir nav ekish me’yorini aniqlashda ekish koeffitsentni bilish talab qilinadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib bo‘lim tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 sentabrdagi 546-son qaror ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur qaror bilan tasdiqlangan boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirishni, shuningdek, sug‘oriladigan maydonlarda asosan birinchi va ikkinchi reproduksiyali hamda lalmi maydonlarda uchinchi reproduksiyadan past bo‘lmagan urug‘lik don ekilishini hamda respublika hududida ekishga tavsiya etilmagan g‘alla navlarini, sifatsiz tayyorlangan va dorilanmagan (sertifikatlanmagan) urug‘larni ekilmasligi yuzasidan hududiy boshqarmalarga tegishli ko‘rsatmalar berilib kunlik nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

 

Don ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i  Sh.Xayitov.

Text to speech