Ayni kunlarda yurtimizning har bir hududida “Yoshlar oyligi” doirasida turli xil tadbirlar, uchrashuvlar va loyihalar tashkil etib kelinmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vazirining 2024 yil 4 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi PF-37-son Farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 62-son buyrug‘iga ko‘ra, davlat organlari rahbarlari va yoshlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda 30 iyun "Yoshlar kuni"ni munosib nishonlash maqsadida, yoshlarga yer ajratish va boshqa masalalar bo‘yicha Navoiy viloyati Navbahor tumani “Navkar” MFYda "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda boshlang‘ich tashkilot yetakchilari, “Navkar” mahallasi bir guruh yoshlari ishtirok etishdi hamda o‘zlarining qiziqtirgan sohaviy savollari va takliflarini bildirib o‘tdi.
O‘tkazilgan uchrashuvda, Inspeksiyaning viloyat boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari F.Ubaydullayev, tuman bo‘limi boshlig‘i A.Rizoqulov, viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Turabov hamda viloyat boshqarmasi yordamchi yuriskonsulti D.Rashidova yoshlar tomonidan berilgan sohaviy murojaatlar va muammoli masalalarni eshitib, fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Shu bilan birga, yoshlarlarning murojaatlari bo‘yicha joyiga tushuntirish ishlari olib borilib, amaliy yordam berildi.
O‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha yoshlarlardan yozma arizalar olinib, tegishli masʼullarga topshiriq berildi.
Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi