Ру Ўз O`z En

Paxta tolasini majburiy sertifikatlanganligini o‘rganilmoqda

12 Mart 2024 1493

Sohaga doir tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlar talablariga asosan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasteri doirasida o‘z ehtiyojlaridan ortiqcha ishlab chiqarilgan paxta tolasi sifatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq tasdiqlanishi majburiy etib belgilangan.

Paxta tolasining sertifikatlash tartibi  hukumatning 2018-yil 12-fevraldagi 106-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Paxta tolasini sertifikatlash va og‘irligini tortib ko‘rish to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilangan.

Unga ko‘ra sertifikatlashga taqdim etilayotgan paxta tolasi to‘dasining har bir toyidan davlat standartiga asosan  namunalar olinadi. Namunalarni “Paxta tolasi” Texnikaviy shartlar” davlat standartiga muvofiq HVI usuli va klaster usuli yordamida akkreditatsiyalangan sinov  laboratoriyasida amalga oshiriladi.

Sinashlar natijasida paxta tolasining yuqori o‘rtacha uzunligi (tipi), navi va klassi, mikroneyr ko‘rsatkichi, solishtirma uzilishi kuchi va uzunligi bo‘yicha bir xillik indeksi, shuningdek, paxta tolasi namunalaridagi sifat nuqsonlari (chigit, lint, yog‘, hid va shu kabilar) va boshqa aralashmalar mavjudligi aniqlanadi. 

Paxta tolasi davlat standartining talablarga javob berishi aniqlanganda paxta tolasi to‘dasiga uchun muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi. Sertifikat ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Sertifikatning amal qilish muddati paxta tolasini tashish va saqlash shartlariga rioya qilinganda 6 oyni tashkil etadi.

Mazkur standart talablariga javob bermaydigan har bir paxta tolasi to‘dasiga tasdiqlangan shakl bo‘yicha inspeksiya dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.

Paxta tolasini sertifikatlash va toylar og‘irligini tortish, tolani respublikaning paxta tolasini qayta ishlovchi korxonalariga yetkazib berishda, akkreditatsiyadan o‘tgan sertifikatlash idoralari tomonidan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari buyurtmanomalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Paxta tolasini realizatsiya qilishda majburiy sertifikatlash qoidalariga rioya etilishi «O‘zagroinspeksiya” tomonidan nazorat qilib borilmoqda. Xususan joriy yilning yanvar-fevral oylarida respublikamizning barcha paxta to‘qimachilik klasterlariga o‘z ehtiyojidan ortiqcha ishlab chiqarilayotgan paxta tolasini majburiy sertifikatlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablar, mazkur talablarni bajarilmasligi oqibatida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarni tushuntirish bo‘yicha ogohnomalar kiritilib, profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. "Toshbuloq tekst" va “Namangan to‘qimachi” MCHJ, Andijon viloyatining “Fayz-M” va “Alyorteks” MCHJ larida paxta tolasini majburiy sertifikatlanishi o‘rganildi.

 O‘rganishlarda “AlyorteksMCHJ tomonidan 2023-yil hosilidan o‘z ehtiyojlaridan qayta  ishlangan jami 2 820 tonna paxta tolasining faqat 47,41 tonnasi majburiy sertifikatlanganligi maʼlum bo‘ldi va korxonaga nisbatan maʼmuriy taʼsir chorasi qo‘llanildi. Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Sh. Mamadaliyeva, Inspeksiyaning meʼyoriy hujjatlar ijrosini nazorat qilish, sertifikatlash va metrologiya bosh mutaxassisi

Text to speech