Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda va xalqimiz turmush farovonligini oshirishda sifatli don yetishtirish va sifatli un mahsulotlari tayyorlash muhim o‘rin tutadi. Shu bois aholining un va non mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, bozorlarda un va non mahsulotlarini ko‘paytirish bugungi kunda eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Ichki bozorni sifatli un mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida O‘zagroinspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan tadbirkorlik subyektlarida un ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligi, texnologik jarayonlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq yoki muvofiq emasligi Inspeksiya tomonidan o‘rganib kelinmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida tadbirkorlarning murojaatlariga ko‘ra 8 ta donni qayta ishlash korxonalarida un ishlab chiqarish quvvatlarining mavjudligi, texnologik jarayonni tashkil etish belgilangan talablarga mos kelishi, mahsulot sifatini nazorat qilish bo‘yicha laboratoriya faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, texnologik jarayonlarning belgilangan talablarga to‘liq javob berishi aniqlandi.
Albatta bu tadbirlardan ko‘zlangan maqsad, ichki bozorni sifatli un va non mahsulotlari bilan ta’minlash orqali xalqimizning dasturxoni to‘kin bo‘lishiga erishish.
D.Ubaydullayev
O‘zagroinspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i