Ру Ўз O`z En

Markazni Xalqaro Paxta Assotsiatsiyasiga aʼzo mamlakat ro‘yxatiga qo‘shish to‘g‘risidagi ijobiy xulosasi olindi

8 Iyun 2021 1679

O‘zagroinspeksiya"ning 2020 yil 8 yanvardagi 11.1/11-20-6-58-sonli xatiga asosan “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasining 2020 yil 31 yanvarda “Xalqaro paxta tashkilotlari bilan doimiy hamkorlikni olib borish to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilingan edi.

Yuqoridagilarga asosan hamda 2021 yil 22 apreldagi 10-161-sonli xat bilan Gdinya Xalqaro Paxta Assotsiatsiyasiga aʼzolikni davom ettirish bo‘yicha murojaat qilindi. Markazning ushbu murojaati Assotsiatsiyaning direktorlar kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, Markazni Xalqaro Paxta Assotsiatsiyasiga aʼzo mamlakat ro‘yxatiga qo‘shish to‘g‘risidagi ijobiy xulosasi olindi.

Quyidagi(http://agroxizmat.uz/uploads/2021/06/cotton-outlook-vol99-no22.pdf http://agroxizmat.uz/uploads/2021/06/cotton-outlook-vol99-no22.pdf havolalar orqali Gdinya Xalkaro Paxta Assotsiatsiyasining 2021 yil 7 iyundagi 23-sonli "Newsletter Gdynia Cotton Association" hamda Buyuk Britaniyada chop etiladigan "Cotton Outlook" jurnalining navbatdagi sonini ko‘chirib olib, jahonda ushbu sohadagi so‘nggi yangilik va statistik maʼlumotlardan boxabar bo‘lib borishingiz mumkin.

@agroxizmat.uz

Text to speech