Ру Ўз O`z En

Namangan: Kombaynlar g‘alla o‘rish mavsumiga shaymi?

21 Aprel 2022 1424

Mutaxassislarning fikricha, bu yil dalalarga ekilgan g‘alla har doimgidan erta pishib yetilishi taxmin qilinmoqda. Demak, o‘rim-yig‘im mavsumiga ham puxta tayyorgarlikni jadallashtirish lozim.

Joriy yilda Namangan viloyatida 67 ming 750 gektar maydonda boshoqli don yetishtirilmoqda. Mavsumda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, 246 dan ortiq kombayn o‘rimda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ularning 162 tasiKlaas Daminator” rusumli, 30 tasi esa “Vektor-410” rusumli, 54 tasi “Keys” va “Nyu-xolland” rusumli don o‘rish kombaynlaridir. 58 tasiAgroservis MTPMCHJga, 62 tasi klaster korxonalariga, 130 dan ortig‘i fermer xo‘jaliklari va boshqa subyektlarga tegishli bo‘lib, bugunga qadar ushbu kombaynlar to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

Jumladan, “O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan mavsumda qatnashadigan don o‘rish kombaynlarini sifatli taʼmirlanishi, sozlanishi, sinalishi yuzasidan muntazam nazorat tadbirlari olib borildi. 

Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan viloyat, tuman hokimliklariga va masʼul tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar kiritildi hamda bajarilishi nazoratga olindi. Olib borilgan ishlar natijasida mavsumda qatnashadigan don o‘rish kombaynlarini aksariyati taʼmirdan chiqarildi. 

 Joriy yilning 20-21 aprel kunlari viloyat ishchi guruhi tomonidan don o‘rish kombaynlarini mavsumga tayyorgarligi o‘rganildi. Ushbu jarayonda barcha tumanlardagi kombaynlar 10 km masofada yurgizilib, sinov ko‘rigidan o‘tkazildi.

Ishchi guruh tomonidan mavsumga tayyor, yo‘l harakati va texnika xavfsizligi hamda yong‘inga qarshi anjomlar bilan taʼminlangan, sinovdan o‘tkazilgan don o‘rish kombaynlarini maxsus komissiyalar dalolatnomalari asosida qabul qilish ishlari olib borilmoqda. 

O‘zagroinspeksiyaning Namangan viloyat boshqarmasi Axborot xizmati

 

Text to speech