Ру Ўз O`z En

Namangan: mavsumda 245 dona kombaynlar ishtirok etadi

29 May 2023 1379

Qishloq xo‘jaligidagi dolzarb tadbirlardan biri g‘alla o‘rim mavsumi ham ayni pallaga kirdi. Dalalardagi hosilni xech-nobud qilmasdan yig‘ib olish hosilni yetishtirgan dehqonu-fermerlar bilan birgalikda mexanizatorlarga ham birdek masʼuliyat yuklaydi.

Bugungi kunda, Namangan viloyatida 2023 yil g‘alla hosili uchun 2192 nafar fermer xo‘jaliklarida jami 66 ming 375 gektar maydonda boshoqli don ekinlari yetishtirildi.

Yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda nobudgarchiliklarsiz o‘rib-yig‘ib olish ishlarida jami 245 dona shundan, 43 dona “Keys” va “Nyu Xolland”, 172 dona “Klaas Daminator”, 30 dona “Vektor-410” rusumli kombaynlar mavsumda qatnashishi rejalashtirilgan.

Mazkur kombaynlarning 29 tasi “Agroservis MTP” MCHJga, 83 tasi Klaster korxonalariga, 98 tasi fermer xo‘jaliklariga, 35 tasi boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga va fuqarolarga tegishli.
Don o‘rish kombaynlarini mavsumga belgilangan muddatlarda sifatli taʼmirlash uchun belgilangan dislokatsiyalarga ko‘ra tuman “Agroservis MTP” MCHJ larga markazlashgan xolda to‘liq yig‘ib taʼmirlash ishlari markazlashgan holda tashkil etildi. Har-bir kombaynni texnik xolatlari o‘rganib chiqilib taʼmirlash uchun talab etiladigan ehtiyot qismlar va pul mablag‘lari aniqlandi.

Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan taʼmirlash uchun talab etiladigan pul mablag‘larini xal etilishi, kerakli extiyot qismlarni yetkazib berilishi xamda kombaynlarni sifatli taʼmirlanishi yuzasidan muntazam nazorat ishlari olib borildi.

Taʼmirlash uchun talab etiladigan pul mablag‘lari Klaster korxonalari va mulk egalari hisobidan 100 foiz hal etilib, kerakli ehtiyot qismlari yetkazib berildi xamda taʼmirlash ishlarida qatnashadigan operator va chilangarlarga barcha sharoitlar yaratildi.

Olib borilgan ishlar natijasida mavsumda qatnashadigan don o‘rish kombaynlari to‘liq taʼmirdan chiqarildi. Mavsumga shay holatga keltirilgan kombaynlar viloyat va tuman komissiyalar tomonidan masofaga yurgizib ko‘rish, chiniqtirish ishlari amalga oshirilib, dalolatnomalar asosida qabul qilib olindi xamda maxsus sertifikatlar berildi.
Yetishtirilgan g‘alla hosilini o‘z vaqtida o‘rib-yig‘ib olish maqsadida 245 ta o‘rim otryadlari tashkil etilib ularga 652 nafar xodimlar biriktirildi. Mavsum ishtirokchilariga qulay sharoit yaratish maqsadida har-bir kombaynga ko‘chma dam olish tirkamalari tashkil etilib barcha kerakli anjom va jihozlar bilan butlandi.

Shuningdek don o‘rish kombaynlarini mavsum davomida to‘xtovsiz ishlashini taʼminlash maqsadida 108 ta ko‘chma ustaxonalar va 101 ta yoqilg‘i tashish vositalari xamda g‘alla xosilini qabul punktlariga tashish uchun 1 ming 217 ta yuk avtomobillari biriktirildi.


“O‘zagroinspeksiya” Namangan viloyat boshqarmasi

Text to speech